Turkiyada koronavirus bilan kasallaniş holatlari soni keskin köpayib ketgani sababli yana qat'iy karantin çoralariga qaytilmoqda. Jumladan, endi “qizil hududlar”da nafaqat yakşanba kunlari, balki şanba kunlari ham komendantlik soati amal qiladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, koronavirusga çaliniş darajasi eng yuqori bölgan “qizil hududlar”ga hozirda 58ta şahar, jumladan, Istanbul, Anqara, Antaliya va Izmir kirdi. Ularda Turkiya aholisining 80 foizga yaqini yaşaydi.
Ma'lumotlarga köra, 27 mart kuni mamlakatda 30021ta kasallaniş holati qayd etilgan va bu 2020 yil dekabridan beri eng yuqori kunlik körsatkiç hisoblanadi.
“Koronavirusdan ölimlar soni oşayotgani mavjud xavfsizlik çoralarini qayta körib çiqişimizga majbur qildi. 58ta hudud yana yuqori xavf hududlariga aylandi. Ularda şanba va yakşanba kunlari komendantlik soati kiritiladi. Iş kunlarida soat 21dan 5gaça amal qilayotgan komendantlik soati öz kuçida qoladi”, — deb ma'lum qilgan Erdöğan.
Bundan taşqari, Ramazon oyida ham ba'zi çeklovlar amal qiladi. “Ramazon oyida saharlik va iftorliklarni ötkazişga çeklovlar kiritiladi”, — deb qöşimça qilgan Turkiya rahbari.
Kafe va restoranlar mijozlarni qabul qilmaydi va faqat taomlarni yetkazişga işlaydi. Uşbu tarmoq xodimlariga çeklovlar amal qilişi vaqtida 1,5 ming lira miqdorida yordam puli beriladi.
Hozirda Turkiya hududi koronavirus tarqalişi darajasiga köra 4 toifaga bölingan: past (kök), örta (sariq), yuqori (zarğaldoq) va öta yuqori (qizil).
Mamlakatda 1 mart kunidan past va örta xavfga ega hududlarda dam oliş kunlari komendantlik soati töliq bekor qilingandi, yuqori va öta yuqori xavfga ega hududlarda esa faqat yakşanba kuni uydan çiqiş taqiqlangandi. Bundan taşqari, “kök”, “sariq” va “zarğaldoq” hududlarda 2020 yil noyabrdan beri yopiq qolgan kafe va restoranlar oçilib, ularga soat 7dan 19gaça 50 foizga tölgan holda mijozlarni qabul qilişga ruxsat berilgandi.













