AQŞning SpaceX kompaniyasi Inspiration 4 fazoviy missiyasi doirasida tarixda ilk bor töliq oddiy fuqarolardan taşkil topadigan ekipajni şakllantirişni yakunladi.

30 mart kuni kompaniyaning Crew Dragon fazoviy kemasida orbitaga parvoz qilajak ekipaj a'zolarining töliq röyxati e'lon qilindi. E'tiborlisi, uşbu ekipaj a'zolari orasida birorta professional fazogir yöq.

Orbitaga ekipajga sardorlik qiladigan tadbirkor Jared Ayzekman bilan birga 29 yoşli Xeyli Arseno, 51 yoşli ayol tadbirkor Sian Proktor va Lockheed Martin kompaniyasi xodimi, sobiq harbiy uçuvçi — 41 yoşli Kristofer Sembroski yöl oladi.

Bölajak missiya davomida Arseno bort şifokori, Proktor kema uçuvçisi, Sembroski esa bortmuhandis sifatida faoliyat yuritadi.

Kema sardori — 38 yoşli Jared Ayzekman Shift4 Paymens kompaniyasi asosçisi va havaskor uçuvçi hisoblanadi. U missiyaga ketadigan mablağni töliq özi qoplaydi. Biroq missiya qiymati oşkor qilinmagan.

Ayzekman fazoga parvozidan AQŞning Memfis şahridagi St. Jude Children's Research Hospital bolalar şifoxonasi uçun 200 mln dollar xayriya yiğiş maqsadida foydalanmoqda. Fevralda e'lon qilingan xayriya doirasida şifoxona uçun eng köp pul ehson qiladigan istalgan odam ekipaj a'zosi bölişi mumkinligi ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda 113 mln dollar yiğişga muvaffaq bölingan.

Ayzekmanning aytişiça, yiğilişi kutilayotgan xayriya mablağlari missiya qiymatidan ança köproqni taşkil qiladi.

Crew Dragon’ning ekipaji töliq oddiy fuqarolardan taşkil topadigan birinçi tijoriy parvozini 2021 yil 15 sentyabrdan keyin amalga oşiriş rejalaştirilgan.  

Parvoz oldidan ekipajning barça a'zolari SpaceX’da puxta tayyorgarlikdan ötişlari kerak böladi.

Fazoviy kema orbitaga Falcon 9 raketasi yordamida uçiriladi. Missiya 540 km balandlikda 3 kun davom etadi. Şundan keyin Crew Dragon Florida sohillari yaqinida dengizga tuşiriladi.

“Bu barça uçun koinotni oçiş yölidagi muhim davrdir”, — deb izoh bergan missiyaga SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask.