Neuralink kompaniyasi közi ojiz odamlarga köriş imkoniyatini qaytaradigan Blindsight qurilmasini taqdim etadi. Bu haqda Ilon Mask maʼlum qildi.

«Bizning ikkinçi mahsulotimiz Blindsight deb nomlanadi. Nomidan ham körinib turibdiki, u hatto közi körmay qolgan yoki tuğma közi ojiz insonlarga ham köriş imkonini beradi. Qurilma texnik jihatdan tayyor. Endi faqat tartibga soluvçi organlarning ruxsatini oliş qoldi», - deb yozdi u özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Neuralink kompaniyasi Blindsight loyihasini 2024-yil sentabrda taqdim etgandi. U köriş qobiliyatini qaytariş maqsadida miyaga ulanadigan implantdir. Bemorlarga qöyiladigan asosiy talab - boş miyaning köriş imkoniyatini taqdim etadigan qobiğiga şikast yetmagan bölişi kerak.

Şuningdek, Mask 2024-yilda taqdim etilgan Telepathy qurilmasi haqida ham eslatib ötdi. Uşbu qurilma insonga fikr kuçi orqali kompyuterga yoki odamlarga maʼlumot uzatiş imkonini beradi.

Ilon Maskning taʼkidlaşiça, kelajakda bunday neyrointerfeyslarning maʼlumot uzatiş tezligi inson nutqi yoki matn teriş tezligidan ança yuqori bölişi mumkin.