Kun.uz muxbiri xabariga köra, tibbiyotdagi islohotlarni jadallaştiriş çora-tadbirlariga qaratilgan bu yiğilişda mavzu keng muhokama qilindi.
“Biz islohotlarni boşlaganda ikkita masalaga jiddiy e'tibor qaratganmiz – soğliqni saqlaş va tinçlik-osoyiştalik. Umuman, ta'lim bilan tibbiyot hayot-mamot masalasi. Tibbiyot juda oğir ahvolda. Qanday oğir bölmasin, buni tan olişimiz kerak.
Mana, bir neça vazirlarning örinbosarlarini özim qisqartirib yubordim. Çunki byurokrat bölib qolgan ular.
Ötgan yili noyabr oyida soğliqni saqlaş tizimini tubdan isloh qiliş, jumladan kasalliklarning oldini oliş va patronaj xizmati körsatiş borasida mutlaqo yangi tizim yaratiş böyiça farmon va qarorlar qabul qilinib, barça masalalar hal qilib berilgan edi. Bugungi yiğilişda soha va hudud rahbarlari ana şu vazifalar ijrosi yuzasidan hisobot beradi.
Sözga çiqadigan rahbarlar uçta savolga javob berişlari kerak:
- birinçi – joriy etilgan yangi tizim böyiça tibbiy xarita şakllantirilgani, aholining xavf guruhlariga bölingani nimani körsatib berdi;
- ikkinçi – mahallalar kesimida tibbiyot brigadalari şakllantirilib, aholi bilan manzilli işlaş boşlandimi va bundan qança fuqaro minnatdor böldi;
- uçinçi – tibbiyot muassasalarida qaysi xizmat pulli, qaysi bepul böldi.
Men qöyayotgan bu uç savolning javobi nima böladi? Har bir hokim aniq-aniq işlar böyiça öz rejasini bildiradi”, dedi prezident öz sözi boşida.












