Norma’ning yozişiça, quyidagilar Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturini amalga oşirişning asosiy ustuvor yönalişlari etib belgilandi:
- tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, aholi, xususan, xotin-qizlar, yoşlar va kam ta'minlangan fuqarolar bandligini ta'minlaş orqali ular daromadi va turmuş darajasini oşiriş;
- kiçik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş;
- yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş, mavjud işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş böyiça qöşimça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş;
- sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş orqali soliq bazasini kengaytiriş;
- muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantiriş, aholining toza içimlik suvi, tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan ta'minlanganlik darajasini oşiriş.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2021-2022 yillarda Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi maqsadli parametrlari va moliyalaştiriş manbalari;
- 2021-2022 yillarda Bektemir tumanida sanoat, xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş böyiça investitsiya loyihalari manzilli röyxati;
- 2021-2022 yillarda Bektemir tumanida yöl-transport infratuzilmasi tizimi va elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik suvi hamda aloqa tarmoqlarini yaxşilaş, köp kvartirali uylar atrofini obodonlaştiriş çora-tadbirlari;
- 2021-2022 yillarda Bektemir tumanida ijtimoiy soha obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş hamda mukammal ta'mirlaş çora-tadbirlari.












