Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vazirligi Qora dengizga 10dan ortiq kater va kemalarini jo‘natdi
Xabar qilinishicha, Kaspiy flotiliyasi katerlari ekipaji Qora dengiz floti kuchlari bilan hamkorlikda dengizda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Foto: wikipedia.org
Rossiya Kaspiy flotiliyasining o‘ndan ortiq desant va artilleriya katerlari hamda kemalarini Qora dengizga jo‘natdi. Bu haqda Rossiya janubiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Kaspiy flotiliyasi katerlari ekipaji Qora dengiz floti kuchlari bilan hamkorlikda dengizda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Shu bilan bir vaqtda, 8 aprel kuni Ukraina harbiy-dengiz floti Qora dengizda mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshlagani xabar qilindi.
6 aprel kuni Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini tekshiruvdan o‘tkazish boshlangandi.
Ma'lumot berilishicha, aprel oyida turli miqyosdagi 4 mingdan ortiq mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar barcha harbiy okruglar va Shimoliy flotda bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha qilinishicha, barcha turdagi qo‘shinlar tekshiriladi.
Mavzuga oid
21:56 / 20.05.2026
Putin Xitoyga tashrifini yakunladi: asosiy ma’lumotlar
18:02 / 20.05.2026
Si Putin bilan Rossiya gazi uchun shartnoma tuzishni yana rad etdi
08:50 / 20.05.2026
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
08:42 / 20.05.2026