Özbekiston fuqarolari xorijiy davlatda röyxatdan ötkazilgan transport vositalarini notijorat maqsadlarda Özbekistonga vaqtinça olib kirişi mumkin böladi. Buning uçun bojxona tölovlari undiriladi.
27-avgust kuni imzolangan prezident farmoni bilan, 2027-yil dekabr oyiga qadar bu haqdagi qonun loyihasi işlab çiqiladigan böldi.
Bundan taşqari, 2027-yil iyun oyiga qadar jismoniy şaxslar uçun bojxona organlari tomonidan qöllanilgan jarima soliş haqidagi qarorlar bilan tanişiş, jarimani imtiyozli tölaş muddatlaridan xabardor böliş, ular yuzasidan tölovlarni amalga oşiriş jarayonlari “Customs fine” mobil ilovasi orqali raqamlaştiriladi.








