Asahi Shimbun’ning xabar berişiça, ayolga öpkani köçirib ötkaziş böyiça jarrohlik amaliyoti 11 soatga yaqin davom etgan.
Ayol 2020 yil oxirida koronavirusga çalingan va uning ahvoli tobora yomonlaşib, öpkasining ikki tomoni ham işlaşdan töxtay boşlagan. Ayol ekstrakorporal membranali oksigenatsiyasi usuli bilan 3 oylik davolaş kursidan keyin Kioto universiteti şifoxonasiga yotqizilgan. Ta'kidlanişiça, bemor hamda unga öpkasining bir qismini “ulaşgan” eri va öğli ayni vaqtda özlarini yaxşi his qilmoqda. Şifokorlarning aytişiça, ayol 3 oydan keyin töliq soğayib ketişi mumkin.
“Dunyoda öpkaning ilk bor tirik donordan bemorga köçirib ötkazilişi öpkasi jiddiy şikastlangan bemorlarni davolaşdagi istiqbolli usul bölişi kutilmoqda”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanişiça, öpkani tirik donordan 65 yoşga tölmagan va boşqa tana a'zolari şikastlanmagan bemorlargagina köçirib ötkaziş mumkin.
Ma'lum qilinişiça, hozirgaça Xitoy, Yevropa va AQŞda öpkani köçirib ötkaziş böyiça 40ga yaqin jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Biroq ular davomida öpka qismi çuqur komada bölganlardan olingan.












