Qozoğistonning Almati şahrida davom etayotgan sport kuraşlari böyiça Tokio-2020 lisenzion turnirida özbekistonlik kuraşçi Olimpiada yöllanmasi qatori musobaqaning oltin medalini ham qölga kiritdi. 130 kg vazn toifasida iştirok etgan Möminjon Abdullayev musobaqa ğolibiga aylandi.
Osiyo qit'asi uçun litsenziyalar öynalayotgan mazkur musobaqaning finalida Minseok Kim (Janubiy Koreya) jarohati sabab bahsga çiqmagan va Möminjon Abdullayev oltin medalni qölga kiritgan.
Şuningdek, -67 kg vazn toifasida yarim finalda imkoniyatni boy bergan Aram Vardanyan uçinçi örin uçun kuraşda turkmanistonlik raqibidan ustun kelib, jamoa jamğarmasiga bronza medalini taqdim etdi.










