9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda xalq orasida «Navröz» töyxonasi nomi bilan maşhur bölgan Toşkent şahridagi «Navröz» qabullar uyi buzib taşlanayotgani aks etgan videolar tarqaldi va muhokamalarga sabab böldi.
E'tirozlar aslida ta'mirlanişi aytilgan bino nega buzib taşlangani, uning örniga boşqa inşoot qurilsa, yana milliardlab mablağlar sarflanişiga qaratilgan.
Poytaxt hokimligi bu bino nima maqsadda buzilayotgani böyiça izoh berdi. Biroq izohda majmua nima uçun ta'mirlanmay buzib taşlangani haqidagi savolga javob yöq edi.
«Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga muvofiq, Milliy boğ hududida Alişer Navoiy nomidagi ijod maktabi, Alişer Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi, yangi Milliy drama teatr binosi, maşhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida Davlat san'at muzeyining namoyişlari kompleksi, yoş olimlar, yoşlar va kitob ixlosmandlariga xizmat körsatişga möljallangan, ilm-fan va san'atning turli sohalariga oid bosma va elektron davriy naşrlarning ulkan salohiyatiga ega bölgan hamda 1,5 million dona kitob fondini öz içiga olgan ulkan kutubxona binosi quriliş işlari boşlandi», deyilgan hokimlik izohida.
Holbuki, 2020 yil noyabr oyida prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi qurilişga oid loyihalar bilan tanişganida «Navröz» qabullar uyi ta'mirlanib, bu yerda korxonalarni soğlomlaştiriş va xususiylaştiriş markazi taşkil etiş rejalaştirilayotgani ma'lum qilingandi.
Xususan, Toşkent şahri hokimi örinbosari Şarof Rahmonov töyxona töliq rekonstruksiya qilinib, atrofi sayilgohga aylantirilişini aytgan.
«Navröz» töyxonasi örniga içini rekonstruksiya qilgan holda binoning 2-qavatida 2000 kvadrat metrdan köp bölgan joyda Toşkent şahridagi barça investitsiya loyihalari taqdimoti va davlat iştirokidagi davlat uluşi bor korxonalarning Showroom’i taşkil etiladi. Bundan taşqari, binoning 1-qavatida işsizlar birjasi bölib ötadi. Bu loyiha Mehnat vazirligi bilan birgalikda amalga oşiriladi. «Temir daftar»ga tuşgan işsiz aholi şu yerga kelib, mutaxassisligi böyiça öziga ma'qul keladigan işni topiş imkoniyati böladi», degandi hokim örinbosari.
Tabiiyki, aholida ta'mirlaş rejasi binoni butunlay buzib taşlaş qaroriga qaçon özgargani, bunga nima sabab bölgani borasida köplab savollar tuğildi.
10 aprel kuni soat 20:00da Quriliş vazirligi mazkur masalada rasmiy munosabat bildirdi. Vazirlikning ma'lum qilişiça, «Navröz» kompleksi zamonaviy şaharsozlik va arxitektura talablari asosida rekonstruksiya qiliş maqsadida batafsil texnik körikdan ötkazilgan.
«Navröz» kompleksi 1980-yillarda öşa davrning texnik reglamentlari, şaharsozlik talablari hamda quriliş normalari va qoidalariga muvofiq qurilgan.
Texnik körik natijalariga köra:
- bino poydevori ostiga uzoq yillar davomida namlik ötgani sababli 27 santimetrga qiyşaygan;
- asosiy yuk kötaruvçi konstruksiyalarning mavjud holati ularda katta hajmdagi kuçaytiriş işlarini amalga oşirişni taqozo qiladi;
- yonğin xavfsizligini ta'minlaş va energiya tejamkorligini oşiriş çoralarini köriş talab qilinadi.
Bunday tadbirlarni amalga oşiriş hisob-kitoblarga köra katta mablağlarni talab qilayotgani va iqtisodiy nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq emasligi köringani qayd etilgan.
Şu sababli:
- aholi xavfsizligi;
- konstruktiv mustahkamligi va barqarorligi;
- seysmik xavfsizligi va mustahkamligi;
- yonğin xavfsizligi;
- salomatlik va atrof-muhit muhofazasini;
- imkoniyatlari çeklangan şaxslarning foydalanişi mumkinligini hisobga olgan holda «Navröz» kompleksi örnida barça texnik va zamonaviy quriliş talablariga javob beradigan yangi inşoot, ya'ni kutubxona barpo etilişi maqsadga muvofiqligi töğrisida qaror qabul qilingan.
«Ma'lumot örnida aytiş mumkinki, oxirgi yillarda «Navröz» majmuasi texnik jihatdan talabga javob bermagani inobatga olinib, faoliyati töxtatilgan edi», deb yoziladi vazirlik munosabatida.
Endi savol tuğiladi: nega heç qanday ogohlantirişlarsiz yuz bergan buzilişlar butun internetda şov-şuv bölib, önlab savollar berilganidan keyin bu izohlar çiqmoqda? Hammasini oldindan ma'lum qilişning imkoni yöqmidi?
Bloger Otabek Bakirov uşbu masalada telegram-kanalida «Binoni buzib bölib, uni avariyaviy edi deyişdan osoni yöq» sarlavhali post e'lon qildi. Bloger binoning yaroqsiz holga kelib qolganini isbotlovçi materiallar va davlat komissiyasi xulosasi nega taqdim etilmagani yuzasidan vazirlikka bir neça savollar bilan yuzlandi.
«Quriliş vazirligiga köra, «Navröz» qabullar uyi foydalanişga yaroqsiz holga kelgan ekan, uning poydevori 27 smga siljigan emiş.
Agar haqiqatan ham «Navröz» avariyaviy holatga tuşgan bölsa, uning poydevori siljiganini aks ettiradigan texnik-muhandislik hisoblar, foto va video materiallar, davlat komissiyasi xulosasi qilingandir? Qani şu xulosalar? Nega taqdim etilmadi?
Eng asosiysi, «Navröz»ning avariyaviy ekani haqida nega uni buzişdan avval oçiq aytilmadi? Buzib bölingaç, qabullar uyi avariyaviy edi, deyiş soğlom bemorni öldirib qöyib, özi oğir kasal edi, deyiş bilan barobar-ku», deya yozadi u.
Otabek Bakirovning sözlariga köra, bino ötgan yilning noyabridan bu yil fevral oyigaça ta'mirlangan.
«Soliq tölovçilarning milliardlab mablağlarini sarfladinglar? Ta'mirlaş işlarini qaysi kompaniya bajardi? U kimning çap çöntagi edi? 2 oydan keyin avariyaviy deb aytiladigan obektni ta'mirlaşga taşabbus körsatgan buyurtmaçi kim edi?
Quriliş vaziri janob Zokirov 19 noyabr kuni «Navröz»ni ta'mirlaş böyiça davlat rahbariga taqdim etilgan prezentatsiya vaqtida öşa yerda edi-ku.
Nega davlat rahbariga hozir avariyaviy deb aytilayotgan «Navröz»ni ta'mirlaşga milliardlab mablağ talab etiladigan loyiha körsatilayotganda e'tiroz bildirilmadi? Şu emasmi aslida xiyonat?
Har bir kunimiz tsinizmdan iborat bölib qoldi. Lekin bunaqa namoyişkorona tsinizmni hali beri eşitmagandik. Heç qursa uyalsanglar bölardi. Xalqdan, qoraközlardan», deyiladi postda.
Umuman olganda, davlat budjetining yirik mablağlari quriliş sohasiga yönaltirib kelinadi.
Misol tariqasida aytiş mumkinki, 2021 yilda «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturlari va ijtimoiy soha obektlarini quriş uçun budjetdan 31,5 trillion söm (3 mlrd dollardan ortiq) mablağ ajratilişi bildirilgan.
Şuningdek, 2021 yilda uy-joy qurilişi uçun davlat budjetidan qariyb 10,5 trillion söm (1 mlrd dollar) mablağ ajratilişi va bu taşqi qarz hisobiga qoplanişi ma'lum qilingan.
Islombek Umaraliyev.









