Rossiya prezidenti Vladimir Putinning federal majlisga murojaati oldidan deputat va senatorlar uç martadan koronavirusga test topşiradi. Bu haqda öz manbasiga tayanib «Izvestiya» xabar berdi.

Uning sözlariga köra, parlament a'zolari 16, 19 va 20 aprel kunlari test topşirişadi.

«Pandemiya tarqalişi va koronavirusning uçinçi tölqini xavfi saqlanib turibdi, şu bois yuqori darajadagi ehtiyot çoralariga rioya qilişimiz şart», — dedi manba.

Avvalroq Kreml matbuot xizmati murojaatni yoritadigan jurnalistlar uçun akkreditatsiya boşlanganini e'lon qilgandi. Tadbirga kiriş uçun 17 va 20 aprel kunlari topşirilgan PZR-testlarning manfiyligini tasdiqlovçi ikkita ma'lumotnoma taqdim etilişi lozim. 

Rossiya prezidenti federal majlisga 21 aprelda murojaat qilişi közda tutilgan.