Samarqand şahrida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirokida viloyat faollari yiğilişi bölib ötdi. Unda vazirlik va tarmoqlar rahbarlari, mahalliy kengaş deputatlari, nuroniylar, yoşlar qatnaşdi.
Davlat rahbari Samarqand viloyatida katta özgarişlar bölayotgani, odamlarning dunyoqaraşi ösib, faolligi oşganini ta'kidladi.
«Men har doim Samarqandni soğinaman. Köp joylarda işladim, lekin bu viloyatda orttirgan tajribam juda köp qöl keladi. U paytlar qölimiz kalta, imkoniyatimiz çeklangan edi. Şuni e'tiborga olib, har safar Samarqandga kelganimda özimga savol beraman: hozirgi imkoniyatlarni öşa paytda qiliş mumkinmidi? Imom Buxoriy bobomizning zamonaviy majmuasini öşa paytda quriş mumkinmidi? Yurakda juda katta qiynalişlar bilan, qaçon bölar ekan, deb armon bilan işlaganmiz. Hozir zamon özgardi, odamlar endi keçagiday yaşaşga majbur emas. Eng katta masala – joylardagi ijro hokimiyati rahbarlari bugungi hayot, harakat, şiddatga mos işlaşi kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Mamlakat mustaqilligining 30 yilligi nişonlanadigan joriy yilda Samarqand viloyatida qanday natijalarga erişiş uçun hozirdan marralarni aniq belgilaş lozimligi ta'kidlandi.

Davlat rahbari viloyatning foydalanilmagan imkoniyatlarini işga soliş uçun 5 ta drayver sohani körsatib ötdi. Bular – sanoat, transport logistikasi, yirik industrial issiqxonalar, xizmat körsatiş va turizm. Uşbu sohalarda amalga oşirilişi zarur bölgan çora-tadbirlar aytib ötilib, mas'ullar belgilandi.
2021-2022 yillarda Samarqand viloyatida sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi sohalarida qiymati 30 trillion 415 milliard sömlik 1 ming 279 ta investitsiya loyihasi rejalaştirilgani ta'kidlandi. Xususan, 12 trillion sömlik 1 ming 184 ta hududiy, 18 trillion sömlikdan ziyod 95 ta tarmoq loyihalari amalga oşiriladi. 1,8 milliard dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar özlaştiriladi va 26 mingta doimiy iş örni taşkil etiladi.
Xususan, energetika sohasida 974 million dollarlik 8 ta yirik loyiha amalga oşirilib, yiliga 6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş yölga qöyiladi, natijada 1,8 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Şuningdek, Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasining 100 million dollar sarmoyasi hisobiga şu yil dekabrda Nurobod tumanida quvvati 100 Mega-vatt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi işga tuşiriladi.

Prezident Urgut tumanini töliq erkin iqtisodiy zonaga aylantiriş, viloyatning barça hududlarida uşbu iqtisodiy zonaning filiallarini taşkil etiş böyiça körsatma berdi. Şuningdek, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi negizida xolding kompaniya tuziladi.

Qöşrabot, Iştixon va Urgut tumanlarida 8 ming gektarda intensiv boğ va uzumzorlar barpo etib, 4 mingdan ziyod kişini iş bilan ta'minlaş böyiça topşiriqlar berildi. Çorvaçilikda yana 4 ming, pillaçilik va ipak mahsulotlari tayyorlaşda 12 ming iş örni yaratiş mumkinligi qayd etildi.

Har bir mahalladagi muammo va imkoniyatlarni tanqidiy örganiş, aholini tadbirkorlikka va özini özi band qilişga jalb etiş orqali kambağallikni qisqartiriş asosiy vazifa bölişi ta'kidlandi.

Joriy yilda 915 ta qişloq va mahallada quriliş va obodonlaştiriş işlari bajarilişi, 658 kilometr içimlik suvi tarmoqlari ta'mirlanib, 210 ta qişloq va mahalladagi suv ta'minoti yaxşilanişi aytib ötildi. Ipoteka dasturi doirasida 3 ming 450 kvartirali köp qavatli uylar qurilib, 2 ming 200 ta oilaga subsidiya beriladi.

Ta'lim va soğliqni saqlaş sohalarini rivojlantiriş, yoşlar bilan tizimli işlaş böyiça ham vazifalar belgilandi.











