Yevroittifoq Rossiyani Ukraina çegarasidagi qöşinlarini olib ketişga çaqiradi. Bu haqda YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma'lum qildi.

"Biz Rossiya qöşinlari maşğulotlar ötkaziş uçun joylaşgan Ukraina çegarasidagi vaziyatni muhokama qilamiz. Bu juda xavfli vaziyat, biz Rossiyani Ukraina çegarasidagi qöşinlarini olib ketişga çaqiramiz", - dedi u.

U şuningdek, YeI va Rossiya munosabatlarida köplab yönalişlarda keskinlik kuçayib borayotganini qayd etdi.

Aprel oyi boşidan AQŞ va Yevropa mamlakatlari rossiyalik harbiylar Ukraina bilan çegaralar yaqiniga joylaştirilayotganidan xavotirlarini bildira boşlaşdi. Kiyevdagilarning hisob-kitoblariga köra, ukrain çegaralari böylab 110 ming nafar rossiyalik harbiy joylaştirilgan.

13 aprel kuni AQŞ va Rossiya prezidentlarining telefon muloqoti bölib ötdi. Oq uy Bayden va Vladimir Putin strategik barqarorlik va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgani haqida ma'lum qildi. Xususan, Bayden rossiyalik harbiylar Ukraina çegaralari tomon surilganidan xavotirini bildirgan va Moskvani Kiyev bilan munosabatlardagi keskinlikni yumşatişga çaqirgan.

Oq uyning baholariga köra, Rossiyaning Ukraina bilan çegara hududidagi harbiylari soni 2014 yildan buyon eng yuqori darajaga çiqqan. Kreml Rossiya öz hududida öz qöşinlarini harakatga keltirayotganini va «bu heç kimni bezovta qilmasligi kerakligi, qöşin heç kimga tahdid solmasligi»ni ma'lum qildi.

Hozirda Qora dengizga Bosfor orqali Rossiyaning boşqa dengizlardagi kemalari ham olib ötilmoqda. «Interfaks» böğozdagi suratlarni e'lon qilgan Istanbuldagi saytlarga asoslanib xabar berişiça, Rossiya Şimoliy flotining ikkita katta desant kemasi şu kunlarda Qora dengizga kirgan. Agentlikning qöşimça qilişiça, Boltiq floti tarkibiga kiruvçi yana ikkita katta kema Sevastopol yönalişida harakatlanmoqda. Kaspiy flotiliyasidagi 15 kema ham öquv maşğulotlarida iştirok etiş uçun Qora dengiz tomon yöl olgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya qöşinlarining umumiy çegara böylab joylaşuvi tufayli yuzaga kelgan keskinlikni yumşatiş uçun Putin iştirokida tört tomonlama muzokaralar ötkazişga tayyorligini ma'lum qildi. Parijda taşrif bilan bölib turgan Zelenskiy tinçlik muzokaralari ilojsiz narsa emasligini qayd etgan.