Gamaçek Facebook’dagi sahifasida Pragadan 18 nafar rossiyalik diplomat çiqarib yuborilişiga javoban Moskva 20 nafar çexiyalik diplomatni çiqarib yuborişini kutmaganini aytgan. 

 «Men Rossiya tomonidan boşqaça javob kutgandim. Men barçasiga tayyorman. Hattoki munosabatlarni noldan boşlaşga ham. Bu holatda ularning barçasini (diplomatlarni) uylariga qaytarib yuboramiz», deb yozgan Gamaçek.

 Avvalroq Çexiya taşqi işlar vaziri Moskvadagi elçixonada bor-yöği 5 kişigina qolgani sababli uning işi deyarli «falajlanganini» ma'lum qilgandi. Şu sababli Praga Yevropa ittifoqining boşqa davlatlaridan elçixona faoliyatiga yordam berişlarini söragan.

 Rossiya va Çexiya örtasidagi ziddiyat Praga 18 rossiyalik diplomatni çiqarib yuborişga qaror qilgandan keyin yuzaga keldi. Çexiya Rossiya elçixonasi xodimlarini maxsus xizmatlarga işlaşda hamda 2014 yilda Çexiyaning Vrbetitse qişloğida joylaşgan öq-dori omborlaridagi portlaşlarga aloqadorlikda ayblagan.

 Çexiya boş vaziri Andrey Babiş Rossiya aybini tan olişi va kompensatsiya tölaşi kerakligini aytgan.

 Rasmiy Moskva esa barça ayblovlarni rad etgan va javob çorasi sifatida Rossiyadan 20 nafar çexiyalik diplomat çiqarib yuborilişini e'lon qilgan. Şuningdek, Çexiya elçixonasiga Rossiya fuqarolarini işga yollaş taqiqlab qöyildi.

 Pragada çexiyalik diplomatlarning çiqarib yuborilişi adolatsiz deb topilib, bunga javoban Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasini Çexiyadagi «Dukovani» atom elektr stansiyasining yangi energiya bloki qurilişi böyiça tenderda qatnaşuvçilar röyxatidan çiqarib taşlaşga qaror qilindi.