AQŞning Amazon kompaniyasi öz dökonlari tarmoği Whole Foods’da xaridlar uçun kaft bilan tölovni amalga oşiriş tizimini joriy qildi. Uşbu imkoniyatdan hozirça tarmoqning Sietldagi dökonlarida foydalaniş mumkin, biroq u yaqin oylarda boşqa dökonlarda ham paydo böladi.

Tölov kaftni kassadagi skaner ustida silkitiş bilan amalga oşiriladi. Buning uçun Amazon One servisida röyxatdan ötiş talab etiladi. U yerda foydalanuvçi öz telefon raqami, bank kartasi raqamini ma'lum qilişi va kaftini skanerlaşi lozim. Kassadagi skaner kaftdagi biometrik ma'lumotlarni öqib, avtomatik ravişda plastik kartadan xarid uçun pulni yeçib oladi.

Amazon 2018 yildan boşlab kassirlarsiz Whole Foods dökonlarini sinovdan ötkaza boşlagandi. Biroq uşbu taşabbusdan mehnat bozoridagi murakkab vaziyat sababli voz keçişga töğri kelgan.