Rasmiy relizga köra, bugungi kunda Özbekistonda 37 402 ta köp qavatli uy, ularda 1,3 milliondan ortiq xonadon bor. Bu uylarning 68 foiziga şirkatlar, 24 foiziga boşqaruv kompaniyalari xizmat körsatadi, 8 foiz uylar esa mulkdorlar tomonidan umuman boşqarilmaydi.
Uy-joy mulkdorlari şirkatlari 4 430 ta bölib, şundan atigi 1 350 tasi yoki 30 foizi yaxşi işlaydi, xolos. Qolgani örta va oğir şaroitda.
Örganişlarda aniqlanişiça, tölovlar böyiça tariflarning norentabelligi, hisob-kitoblarning şaffof emasligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining eskirgani muammolarga sabab bölmoqda.
Köp şirkatlar öz vazifasini bajarmaydi, buning uçun ularda kadrlar yetişmaydi. Oqibatda xonadon egalarining şirkat va boşqaruv kompaniyalariga işonçi yöqolgan. Badallarning töliq yiğilmasligi tufayli debitorlik qarzdorligi oşib ketgan.
Davlat rahbari köp qavatli uylarda yaşovçi odamlarni qiynab kelayotgan bu masalaga e'tibor qaratib, xizmat körsatiş tizimini yaxşilaş böyiça mutasaddilar oldiga vazifa qöygan edi.

Şunga muvofiq, çet ellik mutaxassislarni jalb etgan holda joylarga çiqilib, aholi va şirkatlar vakillari bilan fikrlaşib, muammolar örganildi. Xorij tajribasi asosida köp kvartirali uylarga xizmat körsatişni takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqildi.
Xususan, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligining hududiy boşqarmalari huzurida Köp kvartirali turar joy fondini ta'mirlaş jamğarmasini taşkil etiş, uni 35 foiz respublika budjeti, 35 foiz mahalliy budjet va qolgan 30 foizini mulkdorlar tölovidan jamğariladigan mablağlar hisobidan şakllantiriş rejalaştirilgan.
Hisob-kitoblarning şaffofligini ta'minlaş maqsadida boşqaruv taşkilotlari va şirkatlarning elektron reyestrini yuritiş, har bir köp qavatli uyga alohida şaxsiy hisobraqam oçiş, uyning xizmat körsatiş hududini aniq belgilaş, mulkdorlarga hisobot beriş tartibini takomillaştiriş, hisob-kitoblarga billing tizimini joriy qiliş möljallangan.

Şuningdek, yangi köp qavatli uylar foydalanişga topşirilganidan keyin ikki yil mobaynida quruvçi taşkilot boşqaruvida bölişini belgilaş, turar joylarni saqlaş va undan texnik foydalaniş qoidalarini işlab çiqiş ham talab etilmoqda. Boşqaruv kompaniyalari va şirkatlar xodimlarini öqitiş tizimini takomillaştiriş ham nazarda tutilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev sohani tubdan takomillaştirib, xizmat körsatiş böyiça zamonaviy tizim yaratiş yuzasidan topşiriqlar berdi. Köp qavatli uylarni qurişdan oldin xizmat körsatişni öylaş, turar joylar fondi va hududini oqilona saqlaş kerakligini ta'kidladi.
Ta'mirlanadigan uy-joylar qamrovini kengaytiriş, boşqaruv kompaniyalari va şirkatlar uçun malakali kadrlar tayyorlaş böyiça ham körsatmalar berildi. Moliya vazirligiga belgilangan çora-tadbirlar uçun mablağ ajratiş vazifasi qöyildi.












