Abduğafforovga köra, kompaniya samolyotlarida biznes klass örindiqlari bölmaydi.
«Bizda töliq ekonom klass böladi. Şuning hisobiga yölovçi joylari köproq bölgani uçun çipta narxini ham arzon qilamiz. Uzbekistan Airways'ga qaraganda kamida 30 foiz arzon qilsak kerak», – dedi u.
Qanot Sharq Airlines rahbariga köra, kompaniyaning 26 aprel kuni olib kelingan ilk samolyoti – Airbus A320 jami 174 nafar yölovçiga möljallangan.
«Ilk parvozni 2 oydan keyingi rejalaştiryapmiz. Hozir birinçi samolyotimizni bojxonadan ötkaziş, keyin Özbekistonda registratsiya qiliş va özimiz ham sertifikatsiya qilişimiz kerak. Şunga taxminan, 1,5-2 oy vaqt ketadi.
Xudo xohlasa, 2 oydan keyin birinçi parvozni boşlasak kerak. Özi aviakompaniya oçganda kamida 2ta samolyotdan boşlaş kerak. Çunki bittasi uçayotganda biror narsa bölib qolsa, örniga albatta zaxira samolyot bölib turişi kerak», – dedi aviakompaniya muassisi.
Keyingi 20 kun içida Qanot Sharq Airlines'ning ikkinçi Airbus A320 samolyoti yetib kelişi kutilmoqda. Yil oxirigaça esa Airbus A330 samolyotidan ikkita olib kelinişi reja qilingan.
Aviataşuvçi Istanbul va Anqara (Turkiya), Jidda va Madina (Saudiya Arabistoni), Moskva va Sankt-Peterburg (Rossiya Federatsiyasi), Almati (Qozoğiston) va Dubay (BAA) yönalişlarida aviaqatnovlarni amalga oşirişni rejalaştirmoqda.
Belarus va Ukrainaga reys qöyilişi ehtimoli ham istisno qilinmayapti.
«Hindiston, Pokiston, Bangladeş va Saudiya Arabistoniga möljallanayotgan reyslar esa ziyorat turizmini rivojlantirişga yordam beradi», – deydi Nosir Abduğafforov.
Abduğafforov Uzbekistan Airways bilan raqobat haqida ham fikr bildirdi.
«Istalgan holatda 2ta kompaniya bölgandan keyin, raqobat böladi. Raqobat bölgandan keyin mijozlarga qanaqadir yangi ğoyalar taklif qilinadi. Bundan faqat yölovçilar yutib çiqadi», – dedi Qanot Sharq Airlines rahbari Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.











