Yutuqli aksiyada qatnaşiş şartlari juda oddiy, tuşunarli va oson bajariladigan edi. Aksiyada Özbekiston fuqarolari, şuningdek, Özbekiston Respublikasida yaşaş huquqiga ega fuqaroligi bölmagan şaxslar va xorijlik rezidentlar qatnaşişi mumkin edi. Asosiy şart: ular «Ipak Yöli» AITBning istalgan bölimida çiqarilgan Visa: Visa Virtual, Visa Start, Visa Exchange, Visa Platinum Light, Visa Platinum Black va Visa Infinite xalqaro tölov tizimi kartalari sohibi bölişlari kerak edi.
Qimmatli sovğalar öyinida qatnaşiş uçun xaridlarni amalga oşiriş va ular uçun VISA kartasi hamda internet orqali (faqat terminallardagi, şu jumladan, Özbekistondagi xaridlar) 10$dan boşlangan miqdorda mablağ tölaş talab etildi. Bunday iştirokçilardan sönggi bosqiçda butun mamlakatdan 8 mingdan ortiq odam yiğildi.

Yetti oy davomida foydali va zamonaviy gadjet va devayslar: simsiz quloqçinlar, köp funksiyali smart soatlar, portativ karnaylar, Powerbank'lar, fitnes-brasletlar, quloqçinlar va smartfonlar öynaldi.
Yetti oy davomida jami 94ta sovğa egalariga yetkazildi.
Super sovrin öyinida qatnaşiş şartlari biroz murakkab bölsa-da, bajariş köpçilikning imkoniyati darajasida edi: 2020 yilning 1 sentyabridan 2021 yilning 31 martigaça bölgan vaqt oraliğida VISA kartasidan 100 AQŞ dollaridan boşlanadigan mablağni sarflaş talab etildi.

Sovğalar bilan boğliq holatdagi kabi faqat terminallar (şu jumladan, Özbekistondagi) hamda internet orqali xaridlar hisobga olindi.
Baxtiyor Murodjonoviç Alimov, «Ipak Yöli» AITB Çakana tadbirkorlik departamenti boşliği:
– Eng birinçi yutuqli öyindanoq biz aksiyani imkon darajasida oçiq va şaffof ötkazdik. Çunki «Avtomobil yutiş oson» aksiyasi «Ipak Yöli» AITB tomonidan Visa xalqaro tölov tizimi bilan hamkorlikda mijozlar sadoqatini oşiriş, işlab çiqariladigan kartalar va ular orqali amalga oşiriladigan pul aylanmalari hajmini köpaytiriş maqsadida taşkil etildi. Işonç bölmasa, sadoqat ham bölmaydi. Şuning uçun har oylik qimmatli sovğalar öyinlari bankning Instagram'dagi rasmiy sahifasi orqali onlayn translatsiyalar şaklida ötkazildi. Aksiyada qatnaşayotganini har bir mijoz bank veb-sayti orqali oddiygina usulda – kartadagi oxirgi törtta raqam va FIŞni kiritiş orqali tekşirişi mumkin edi. Aksiya ğoliblari röyxati har oy www.ipakyulibank.uz sayti «Yangiliklar» bölimida e'lon qilib borildi. Töğridan töğri efirlar yozuvlari Instagram sahifasidagi «Aktual storiz»da saqlangan.
Final öyinining ötkazilişi haqida ham oldindan bank rasmiy sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilindi. VISA kartasi sohibi bölgan har bir bank mijozi özining aksiyada qatnaşayotganini tekşirib körişi mumkin edi. Bundan taşqari, yutuqli öyinga biz jurnalistlar, blogerlarni taklif etdik va ular öyinning şaffof ötkazilişini nazorat qilib, öz obunaçilapri uçun töğridan töğri efirlar olib borişdi.


Sönggi, yettinçi – mart oyi uçun qimmatli sovğalar yutuqli öyini, şuningdek, butun muddat davomidagi “Avtomobil yutiş oson” aksiyasi iştirokçilari orasidan asosiy mukofot ğolibni aniqlaş jarayoni yorqin, şov-şuvli, kötarinki va ahil kayfiyatda ötdi. Hyundai Elantra Active avtomobilining bölajak omadli sohibini 14402 nomzod orasidan random.org sayti yordamida bankning Instagram’dagi rasmiy sahifasida töğridan töğri efirda aniqlaşdi.


Şirin Vohidova, tadbirkor:
– Mening ikkita dökonim bor: biri «Şirinliklar», ikkinçisi «Sarpa sandiq». Faoliyatim yuzasidan men vaqti-vaqti bilan 100 dollar va undan köproq miqdordagi tölovlarni amalga oşiraman, boisi özim ham instagramda targeting bilan şuğullanaman. Tanlovda qatnaşayotganimni bilmasdim, hatto xayolimga ham keltirmagan edim. Çunki men barça tanlovlar bu – tugamaydigan boşoğriq, qayergadir boriş, nimalarnidir töldiriş kerak deb öylardim. Har doim qanday tanlov bölmasin, unga e'tibor bermasdim. Bugun menga qönğiroq qilib, «darhol Telegram’da javob bering, siz ğolib böldingiz va töğridan töğri efirga çiqişingiz kerak, sizni kutişyapti, qönğiroq qilişyapti!» deyişganda juda hayron böldim. Bu vaqtda men pardoz qilib, işga borişga tayyorlanayotgan edim. Men har doim buni orzu qilganman: mana şunga öxşaş nimanidir yutib olişni. Va mana, orzum kutilmaganda amalga oşdi. «Ipak Yöli» – sizga gap yöq, siz bilan orzular röyobga çiqadi!


Şirin Vohidovaning holatiga guvoh bölganlar töğridan töğri efir vaqtida şunday xursand bölişdiki, xuddi Şirin emas, zalda ötirgan har bir odam «Ipak Yöli» va VISA xalqaro kompaniyasidan maşina yutib olgandek.
Öquvçilarimizga VISA xalqaro kartasini «Ipak Yöli» AITBning istalgan ofisida bepul, şuningdek, Ipak Yöli Mobile'dan bepul yetkazib beriş xizmati bilan oçiş mumkinligini eslatib ötamiz.
Ma'lumot uçun. «Ipak Yöli» Aksionerlik Innovatsion Tijorat Banki öz faoliyatini 1990 yildan buyon amalga oşiradi. 2013 yilda Osiyo taraqqiyoti banki Bank aksioneriga aylandi. 2020 yilda Germaniya Taraqqiyot Moliya Instituti (DEG) hamda Triodos Investment Management «Ipak Yöli» AITB aksionerlik kapitaliga $25 mln AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritgan. «Ipak Yöli» mintaqaviy tarmoği 17 ta filialni öz içiga olgan: 8 ta Toşkent şahrida va 9 ta mamlakat mintaqalarida. Filiallar qoşida 4 ta minibank va 24 ta maxsus kassa faoliyati yölga qöyilgan. «Ipak yöli» AITB butun Özbekiston böylab 300 ta bankomat örnatgan va 24 mingdan ortiq terminalni işga tuşirgan.
Reklama huquqi asosida












