Sport | 03:00 / 01.05.2021
14547
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. OKMK «Istiqlol»dan revansh oldi, «Shabob Al Ahli» «Al Hilol»ni mag‘lub etdi

Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga yetdi. 

OKMK guruh peshqadami «Istiqlol» ustidan Zafar Polvonov va Yovan Jokichning gollari evaziga g‘alaba qozondi va 2-turdagi mag‘lubiyat uchun (2:3) revansh oldi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Shabob Al Ahli» mezbon «Al Hilol»ni da Kruzning dubli evaziga mag‘lub etdi. 

Shu tariqa «Istiqlol» 10 ochko bilan peshqadam sifatida 1/8 finalga yo‘l oldi. Xuddi shuncha ochkoga ega «Al Hilol» eng yaxshi 2-o‘rinlar qatoriga kirish uchun qolgan guruhlardagi o‘yinlar yakunlanishini kutadi. «Shabob Al Ahli» (7) uchinchi, OKMK (7) to‘rtinchi o‘rindan o‘rin oldi. 

OChL, 6-tur, 30 aprel

Istiqlol — OKMK 1:2
Gollar: Soirov (87, penalti) —  Polvonov (69), Jokich (79). 
Istiqlol — Ruslan Yatimov, Andrey Mishenko, Aleksey Larin, Ahtam Safarov, Manuchehr Safarov, Shahram Sulaymonov (Xurshid Jo‘rayev, 81), Vahdat Hanonov, Alisher Jalilov, Muhammadjon Rahimov, Manuchehr Jalilov, Rustam Soirov.
OKMK — Botirali Ergashev, Dilshod Ahmadaliyev (Mirg‘iyos Sulaymonov, 71), Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov, Yovan Jokich, Sanjar Tursunov (Dilshod Jo‘rayev, 60), Mirjamol Qosimov (Zafar Polvonov, 46), Elvin Fortes (Murod Toshmatov, 63), Aleksandr Kasyan, Shohrux Gadoyev (Husniddin G‘ofurov, 46).

Al Hilol — Shabob Al Ahli 0:2
Gollar: da Kruz (54 penalti, 90).

Mavzuga oid