Rossiya taşqi işlar vazirligida ta'kidlanişiça, uşbu çeklovlar YeI kengaşi tomonidan 2 va 22 mart kunlari 6 nafar rossiyalik fuqaroga qarşi qöllangan taqiqlarga javoban kiritildi.

Rossiyaga kirişi taqiqlanganlar röyxatiga Sassolidan taşqari quyidagi şaxslar tuşgan:

  • Yevrokomissiya raisining qadriyatlar va oçiq-oydinlik masalalari böyiça örinbosari Vera Yurova;
  • Latviyaning Elektron OAV böyiça milliy kengaşi raisi Ivars Abolinş;
  • Latviyaning Davlat tili markazi direktori Maris Baltinş;
  • Fransiyaning Yevropa kengaşi parlament assambleyasidagi delegatsiyasi a'zosi Jak Mer;
  • Berlin prokuraturasi boşliği Yorg Raupax;
  • Şvetsiya qirolligi Total mudofaa tadqiqot institutining kimyoviy, biologik, radiatsion va yadro xavfsizligi laboratoriyasi rahbari Osa Skott;
  • Estoniyaning Til departamenti rahbari Ilmar Tomusk.

Rossiya taşqi işlar vazirligida ta'kidlanişiça, Yevropa Ittifoqining Rossiya fuqarolari va taşkilotlariga nisbatan bir tomonlama noqonuniy çeklovlar kiritiş siyosati BMT nizomiga va xalqaro huquqning asosiy me'yorlariga zid hisoblanadi. 

«Yevropa Ittifoqining bunday xatti-harakatlari ularning asl maqsadi davlatimiz taraqqiyotini har qanday yöl bilan töxtatiş ekaniga şubha qoldirmaydi. Bu Yevropani yana ötkir geosiyosiy qarama-qarşilik maydoniga aylantirişdan manfaatdorligini yaşirmayotgan AQŞ rahnamoligida oçiqçasiga va ataylab qilinmoqda», deb ta'kidlab ötgan Rossiya tomoni.