Özbekistonda içki turizmni rivojlantirişga qaratilgan subsidiyalar miqdori belgilandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, avia va temir yöl yönalişlariga, jamoaviy çipta narxlari va mehmonxona xizmatlari narxlariga subsidiyalar ajratiladi:
Özbekistondagi içki aviaqatnovlar çipta narxlarining 25 foizi miqdorida subsidiya beriladi. Turoperator va turagentlar tomonidan mahalliy sayyohlar uçun taşkil etilgan turlarga avia va temir yöl çiptalari narxining 15 foizi miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Maxsus komissiya tomonidan subsidiyalanadigan 10ta aviaqatnov yönalişi çipta narxlarining eng yuqori summalari tasdiqlandi. Misol uçun, «Samarqand – Namangan» aviaqatnovidagi çipta narxi 666 782 sömni taşkil etgan bölsa, aviataşuvçiga beriladigan subsidiya hisobiga uşbu çipta narxining eng yuqori summasi 500 086 sömni taşkil etdi. Çipta turoperator orqali xarid qilinganda esa, uning narxi 425 073 sömni taşkil qiladi.
Turoperatorlar va turagentlar tomonidan tur doirasida xarid qilingan «Andijon – Xiva – Andijon», «Termiz – Qarşi – Xiva» va «Termiz – Qarşi – Samarqand» yönalişlari subsidiyalanadigan yönalişlarga kiritildi.
Maxsus komissiya qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi qarorida nazarda tutilgan jamoaviy çiptalarni sotib oliş guruhidagilar soni 10 nafardan 24 nafargaça bölganda 10 foizli, 25 va undan ortiq kişilik guruh uçun esa 15 foizli çegirmalar ham saqlanib qolindi.
Qaror bilan respublika böylab joylaştiriş vositalarining mehmonxona xizmatlari narxlarining subsidiyalanadigan eng yuqori (çeklangan) darajasi (summasi) 250 ming söm etib tasdiqlandi.
Bunda turoperator va turagent tomonidan respublika böylab taşkil etilgan tur davomida mehmonxona xizmatining 10 foiz miqdoridagi subsidiyalanadigan eng yuqori summasi 25 ming sömdan oşmasligi belgilandi.
Ma'lum qilinişiça, içki va ziyorat turizmini rivojlantiriş töğrisidagi prezident farmoni Farğona vodiysi aholisining Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlariga, uşbu hududlar aholisini esa Farğona vodiysiga sayohat qilişi uçun yangi imkoniyat taqdim etdi.
Yuqoridagi subsidiyalar böyiça tölovlar 2021 yil 1 martdan boşlab taşkil etilgan sayohatlar uçun qoplab beriladi.
Vazirlik xabariga köra, joriy yil fevral oyida yölga qöyilgan «Urganç – Farğona – Urganç» aviayönalişining birinçi oyida samolyotlarning bandligi 43,7 foizni taşkil etgan bölsa, turoperator va turagentlarga yaratilgan qöşimça imkoniyat natijasida samolyotlar bandligi mart oyida 87,9 foizga, ya'ni ikki barobarga oşgan.
Avvalroq, jahon iqtisodiyotida turizmning uluşi ikki baravarga kamaygani ma'lum qilingandi.












