Mudofaa vazirligi Rossiya qöşinlari Özbekiston hududida joylaştirilişi ehtimolini rad etdi. Bu haqda vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti bayonotida aytilgan.
Qayd etilişiça, “internet tarmoğidagi ayrim saytlar” joriy yil 27-28 aprel kunlari Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali S.Şoyguning Özbekistonga taşrifi yakunlari böyiça quyidagi savollarni bera boşladi: strategik şeriklik doirasida Rossiya qöşinlarining Özbekistonga kiritiliş ehtimoli borligidan xavfsiraş, Rossiyadagi harbiy töqnaşuvlarga Özbekistonning aralaşiş ehtimoli borligi, ğarb davlatlari tomonidan Özbekiston taşqi siyosatiga salbiy baho beriş ehtimoli, Rossiyaning Özbekistonga ta'siri kuçayib borayotganidan norozilik va Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikni kuçaytiriş zarurati.
“Qayd etiş joizki, uşbu barça xavotirlar mutlaqo asossiz va heç qanday mantiqqa töğri kelmaydi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Eslatilişiça, Özbekiston Konstitutsiyasi (1992 yil), Taşqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi (2012 yil), Mudofaa doktrinasi (2018 yil) kabi mudofaa sohasidagi asosiy hujjatlarda bu savollarga aniq javoblar keltirilgan.
Özbekiston Mudofaa doktrinasida quyidagiça yozilgan:
- “Özbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati quyidagi prinsiplarga asoslangan:
- öz hududida çet el harbiy bazalari va obektlarining joylaştirilişiga yöl qöymaslik;
- Qurolli Kuçlarning xorijdagi tinçlik örnatiş bilan boğliq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda iştirok etmasligi”.
Rossiya qöşinlarining Özbekistonga kiritilişi hamda Rossiyaning harbiy töqnaşuvlariga Özbekiston aralaşişi mumkinligi haqidagi miş-mişlarni börttiriş asossiz ekani aytiladi.
Şuningdek, Özbekiston özining içki va taşqi siyosatini özi belgilaydigan suveren davlat ekani eslatildi. Özbekiston Konstitutsiyasi 17-moddasida şunday deyiladi: “Özbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning töla huquqli sub'yektidir...”.
“Şu bois, ğarb davlatlari tomonidan Özbekiston taşqi siyosatiga salbiy baho berilişi mumkinligidan qörqiş, Rossiyaning Özbekistonga ta'siri kuçayib borayotganidan norozilik va Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikni kuçaytiriş zarurligi töğrisidagi talablar ham özini oqlamaydi.
Qayd etiş joizki, Özbekistonning Rossiya bilan ham, Yevropa, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, AQŞ bilan ham hamkorligi işonç, teng huquqlilik, özaro hurmat va manfaatlarni hisobga oliş tamoyillari asosida qurilgan.
Özbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari örtasida kengaytirilgan me'yoriy-huquqiy baza yaratilgan bölib, u qurolli kuçlar faoliyatining turli yönalişlari böyiça hamkorlikni yuritiş va faollaştiriş imkonini beradi.
Bunday hamkorlikning asosini avvalambor, Özbekiston va Rossiya örtasida 2004 yil 16 iyulda imzolangan Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma hamda 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma taşkil etadi.
Oçiq va vijdonan tan oliş kerakki, bugungi kunda Rossiya Özbekiston aholisining tinç hayotini ta'minlaş, şuningdek, mintaqada tinçlik va barqarorlikni saqlaş maqsadida Özbekiston Qurolli Kuçlariga qurol va harbiy texnika yetkazib beriş böyiça eng yirik şerik bölib qolmoqda”, deyiladi Özbekiston Mudofaa vazirligi bayonotida.
Ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari örtasidagi yaqin hamkorlikni yölga qöyiş Özbekiston taşqi siyosatining mantiqiy davomi ekani, Rossiya bilan hamkorlikning Özbekiston uçun turli oqibatlari töğrisidagi bir yoqlama mulohazalar asossiz ekani aytiladi.












