Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida çet tillarini örganiş masalasi muhokama qilindi.
«Bugungi mavzuga köpdan beri tayyorgarlik körganmiz. Parlamentga murojaatimizda ham fizika va çet tillarini örganişni kuçaytiriş böyiça alohida töxtalgandik. Şiddat bilan özgarayotgan zamonda raqobatga tayyor bölişimiz kerak. Uçinçi renessans poydevorini mustahkam qiliş uçun ham çet tillarini örganişni kuçaytirişimiz kerak. Qanday oğir bölmasin, bu masala e'tiborda bölişi, urğuni alohida berişimiz lozim.
Bu masala bilan jiddiy şuğullaniş vaqti keldi. Oçiqlik siyosatimiz, dunyo bozoriga faol kirib borayotganimiz hamda xalqaro hamkorlik aloqalarimizning kun sayin kengayişi, uşbu masalaning dolzarbligini yanada oşirmoqda. Biz raqobatdoş davlat qurişni öz oldimizga maqsad qilib qöygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvçilari kamida 2ta çet tilini mukammal bilişlari şart. Bu ham biz uçun katta mas'uliyat. Agar mana şunday katta marra olmas ekanmiz, natijaga erişa olmaymiz.
Bu qat'iy talab har bir ta'lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanişi lozim. Şuning uçun, joylarda çet tillarini örganişga yetarli şaroit yaratiş va uni ommalaştiriş barça rahbarlarning asosiy vazifasi bölişi lozim. Zamonning özi bizga şunday talab qöyyapti», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, bugungi kunda 25ta oliygohda öqitiş çet tilida olib borilmoqda. Xalqaro til sertifikati olgan bitiruvçi öquvçilar sönggi 3 yilda 10 baravarga oşgan (700 nafardan 7 ming nafarga). 60 ming öquvçi yetakçi xorijiy oliygohlarda tahsil olmoqda.
Joriy yilda «El-yurt umidi» jamğarmasi orqali 350 nafar yoşlarning nufuzli xorijiy universitetlarda öqişi uçun stipendiyalar ajratilgan. Bu ötgan yillarga nisbatan 5 baravar köpdir.
«Agar kimdadir yanada köpaytiriş böyiça takliflar bölsa, uni ham körib çiqişga tayyormiz. Hokimlar ham bu borada taşabbus körsatişlari mumkin.
Lekin, qayd etilgan körsatkiçlarga qaramay, çet tillarini öqitiş böyiça joylardagi haqiqiy ahvol, oldimizga qöyilgan katta rejalarga mutlaqo munosib emas», degan Şavkat Mirziyoyev.
Ma'lum qilinişiça, 1400ta maktabda çet tili öqitiş sifati mutlaqo qoniqarsiz ahvolda, maktablardagi 11 ming öqituvçidan 49 foizi testdan öta olmagan.
«Yangi Özbekiston quryapmiz, lekin tizimga vaqtida e'tibor bermaganimiz uçun bugungi kunda, ta'lim tizimida 2 mingdan ortiq çet tili öqituvçilari lavozimi vakant bölib qolmoqda.
Şuningdek, 1 ming 400ta maktabda çet tili öqitiş sifati mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. Bu körsatkiç Qaşqadaryoda – 380ta, Samarqandda – 287ta, Jizzaxda – 140ta, Toşkent viloyatida – 120ta, Surxondaryoda – 90tani taşkil etadi.
Maktablarda işlayotgan jami 53 ming nafar çet tili öqituvçilarining atigi 4 foizi milliy va xalqaro til biliş töğrisidagi sertifikatlarga ega. Bor yöği 4 foiz!
Misol uçun, 18ta tuman va şaharda, jumladan Xonobod va Quvasoy şaharlari, Zafarobod, Mirişkor, Törtköl, Şerobod va Uzunda birorta öqituvçi sertifikat olmagan. Şuningdek, jami 11 ming nafar maktab çet tili öqituvçilarining 49 foizi testdan öta olmagan. Oçiq aytsak, özi ularning işlaşga haqqi yöq, lekin ilojsizmiz, boşqasi yöq.
Qaşqadaryoda – 55 foiz, Jizzaxda – 53 foiz, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda – 52 foiz. Şu bois, mamlakatimizda xorijiy tillarni örgatiş böyiça kelajak uçun mustahkam poydevor böladigan yangi tizimni yölga qöyiş vaqti-soati keldi», degan davlat rahbari.











