Mahalladagi deyarli barça xonadonda issiqxona mavjud. Odamlar uzoq yillardan beri şu yumuş bilan şuğillanişadi. Daromadlari ham dehqonçilikning orqasidan.

Issiqxonalardan yiliga ikki-uç marotabadan hosil olinadi. Bu yil havo sovuq kelgani uçun aksariyat dehqonlar unib çiqqan köçatlarini olib taşlab, boşqatdan köçat ekişga majbur bölişgan. Şu sababli bozorlarda axtaçiliklar yetiştirgan mahsulotlar keçroq köriniş berdi.

Qişda ham mehnat qilişni istagan dehqonlar issiqxonadan uç marotaba hosil olişadi. Ular yetiştirgan mahsulotlar qişning sovuq kunlarida ham xalqimiz dasturxoniga yetkazib beriladi.

«Temir daftar»ga kiritilgan ayollarning ham ikki nafariga issiqxona qurib berilgan bölib, ular bu yil dastlabki xosilini yiğib olmoqda.

Oiladagi xotin-qizlar, farzandlar bilan qilingan doimiy mehnat orqali uşbu mahallada işsizlar deyarli uçramaydi.

Xonadonlarga kirib suhbatlaşar ekanmiz mahalla ahli öz işlarini maroq bilan qilişlariga, bor mehrini yerga berişganiga guvohi böldik.

«Uzoq yillardan beri dehqonçilik qilamiz. Hozir özim işlay olmayman lekin farzandalarim şu iş bilan şuğillanişmoqda. Qilayotgan töylarimiz, qurayotgan uylarimiz, minayotgan maşinalarimiz ham şu issiqxonalar orqali», – deydi biz bilan suhbatda Ma'mirjon ota Mansurov.

Issixonadagi yerlarga 2-3 yil bir xil mahsulot ekilsa, keyingi yillarda boşqa mahsulotlar ekiladi. Almaşlab ekiş orqali yerning hosildorligi saqlab qolinadi. Ya'ni 2-3 yil davomida pomidor yoki bodring köçatlari ekilgan issiqxonalarga keyingi yillarda sarimsoqpiyoz yoki boşqa mahsulotlar ekiladi.

Mazkur mahalla ahlini yerga bergan mehrini körib, mehnat qilgan inson qadr topişiga, daromadga ega bölişiga yana bir bor amin böldik. Ularning hosiliga baraka tiladik.

Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri
Montajçi: Faxriddin Hotamov