Andijon viloyatining Asaka tumani «Niyozbotir» MFY hududidan ötgan «Asaka - Quva» avtomobil yölida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Maʼlumot berilişiça, 17-oktabr kuni soat 23:00 larda 2004-yilda tuğilgan A.O. öz boşqaruvidagi «Damas» rusumli avtomaşinada harakatlanib ketayotib, uxlab qolgan.
Buning oqibatida u rul boşqaruvini yöqotgan va avtomaşina yöl çetidagi daraxtga urilib, ağdarilib ketgan.
Xabar qilinişiça, mazkur YTH oqibatida heç kim tan jarohati olmagan, avtomaşinaga texnik şikast yetgan.
Holat yuzasidan Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.








