Özsanoatqurilişbankning “Budjetlaştiriş tizimini işlab çiqiş va joriy qiliş” loyihasi MDH mamlakatlari örtasida ötkazilgan “SAP Quality Awards” tanlovida “Raqamli evolyutsiya” nominatsiyasida ğolib deb e'tirof etildi.
Özsanoatqurilişbank tizimida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda keng kölamli transformatsiya işlari amalga oşirilmoqda. Bankda “SAP Business Planning and Consolidation” dasturi (Germaniya) asosida amalga oşirilayotgan “Budjetlaştiriş tizimini işlab çiqiş va joriy qiliş” loyihasi ham mazkur jarayonlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ta'kidlaş kerakki, “SAP Quality Awards” mukofoti SAP loyihalarini joriy etiş böyiça yetakçilikni namoyiş qilib, biznes transformatsiyasida salmoqli natijalarga erişayotgan kompaniyalarga taqdim etiladi.
Tanlov hay'ati e'tirofiga köra, Özsanoatqurilişbankning “Budjetlaştiriş tizimini işlab çiqiş va joriy qiliş” loyihasi barça zaruriy talablarga mos keladi. Mazkur dastur MDH mamlakatlarida amalga oşirilgan eng yirik transformatsiya loyihalaridan biriga aylandi.
Bugungi kunda bankda “SAP Business Planning and Consolidation” dasturi negizida budjetlaştiriş jarayonini yuritiş, bank mahsulotlarining samaradorligi va rentabelligini aniqlaş, şuningdek, bank bölinmalari va filiallarida biznesni kuzatib boriş imkonini beruvçi Yagona tizimlaştirilgan dasturiy ta'minot joriy etildi.
Bunda Bank budjeti va rivojlaniş strategiyasini özaro boğlaşning zamonaviy usullaridan foydalanildi. Bankning samaradorlik körsatkiçlari – aktivlar (ROA) va kapital (ROE) rentabelligi, SPRED, sof foizli marja, CIR, LDR va boşqalarni avtomatik hisoblaş mexanizmi yölga qöyildi. Umuman olganda, 15 bosqiçli uşbu loyihaning şu kunga qadar 9 ta bosqiçidagi işlar muvaffaqiyatli yakunlandi.
Özsanoatqurilişbank transformatsiya jarayonlari doirasida SAP texnologiyalariga tayanib, budjetlaştiriş va moliyaviy tahlil tizimini rivojlantirişni davom ettirişni rejalaştirmoqda. Bank tomonidan SAP dasturida transfert bahoni şakllantiriş va xarajatlar allokatsiyasini dasturlaştiriş metodologiyasini yaratiş ustida işlar olib borilmoqda.
Bank Axborot xizmati











