Vazirlar Mahkamasi qarori bilan xalq ta'limi tizimidagi taşkilotlarning budjetdan taşqari jamğarmalari mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda quyidagilar aks ettirilgan:

  • jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari va ulardan foydalaniş yönalişlarini belgilaş tartibi;
  • jamğarma mablağlari hisobi va hisobotini yuritiş tartibi;
  • jamğarma mablağlari xarajatlari ijrosini nazorat qiliş tartibi.

Hujjatda belgilanişiça, 2021 yildan boşlab maktablardagi kam ta'minlangan oilalarga mansub öquvçilar (barça 1-11 sinf öquvçilarining 15 foizidan köp bölmagan qismi) zamonaviy yagona maktab formasi töplamlari bilan bepul ta'minlanadi.

Jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • davlat ta'lim muassasalari va taşkilotlarining köçmas mol-mulkini ijaraga berişdan tuşgan mablağlar;
  • öquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta'lim standartlaridan taşqari) maşğulotlar böyiça qöşimça ta'lim berişdan olingan daromadlar;
  • davlat ta'lim muassasalari va taşkilotlari faoliyat ixtisosligi böyiça tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan daromadlar;
  • yuridik va jismoniy şaxslar homiylik xayriyalari;
  • vaqtinça böş turgan milliy valutadagi mablağlarni tijorat banklari depozitlariga joylaştirişdan olinadigan daromadlar;
  • muassasa va taşkilotlarning ilmiy, pedagogik va mehnat faoliyati bilan şuğullanuvçi xodimlari lavozim maoşiga belgilangan qöşimça haqni moliyalaştiriş uçun ajratilgan mablağlarning moliya yili yakuniga qadar işlatilmay qolgan budjet mablağlari;
  • xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar grantlari va texnik kömaklaşiş mablağlari;
  • qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa mablağlar.

Xalq ta'limi vazirligiga bir oy muddatda quyidagilarni işlab çiqiş va tasdiqlaş topşirildi:

  • birinçi sinf öquvçilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta'lim oladigan nogiron bolalar uçun beriladigan öquv qurollari töplami bilan tekin ta'minlaş tartibi;
  • kam ta'minlangan oilalarga mansub 1-11 sinf öquvçilarini maktab formasi töplamlari bilan tekin ta'minlaş tartibi.