Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev şu hafta Yaponiya yetakçisi hamda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari rahbarlari bilan muloqotlar ötkazişi rejalaştirilgan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov OAV uçun ötkazilgan an'anaviy brifingda ma'lum qildi.

“Bugun davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot ötkaziladi. Şuningdek, hafta davomida soğliqni saqlaş sohasida raqamlaştiriş jarayonlari hamda davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşirilayotgan loyihalar taqdimoti, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy ösiş sur'atlarini ta'minlaş masalalari böyiça videoselektor ötkazilişi möljallangan.

Xalqaro tadbirlar rejasiga kelsak, bu hafta prezidentimiz Yaponiya yetakçisi hamda mintaqamiz mamlakatlari rahbarlari bilan muloqotlar ötkazişi rejalaştirilgan.

Mana, muborak Ramazon oyi tugaşiga ham oz vaqt qoldi. Şu kunlarda hurmatli prezidentimizga Ramazon hayitini nişonlaş töğrisidagi qaror loyihasi böyiça axborot beriladi”, dedi Şerzod Asadov.

Qayd etilişiça, Ramazon hayiti böyiça qabul qilinadigan qaror ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.