Prezident Şavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy ösişni ta'minlaş böyiça birinçi yarim yillikdagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazmoqda.

“1 iyulga qadar işga tuşiriş rejalaştirilgan 43 ta yirik tarmoq hamda 2,5 mingta hududiy loyihalar böyiça haftalik nazorat tizimi joriy etilsin. Viloyat hokimlari muddatida işga tuşmaslik xavfi mavjud bölgan 20 dan ortiq yirik loyiha bilan şaxsan özlari şuğullanişlari şart va zarur.

Bunday loyihalar Navoiyda – 5 ta, Buxoro va Toşkent viloyatlarida – 4 tadan, Andijon va Namanganda – 3 tadan, Qoraqalpoğistonda – 2 ta, Sirdaryo va Farğonada 1 tadan. 

Oçilboy Ramatov viloyat hokimlari bilan birga, markazlaşgan investitsiyalar hisobidan may-iyun oylarida 4,5 trillion sömlik işlarni amalga oşirişga şaxsan mas'ul va javobgar.

Birinçi çorakda markazlaşgan investitsiyalar böyiça rejaga nisbatan 2,7 trillion sömlik (56 foiz) işlar kam bajarilgan. 175 ta uy-joylar massivining (1 mingta köp qavatli uy) bor-yöği 36 tasi böyiça pudratçilar aniqlangan.

Bunda, Qoraqalpoğiston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Xorazmda obektlar quriliş reytingi böyiça mos kelmaydigan quruvçi taşkilotlariga berilgan. Bitta reytingga kirmagan taşkilot kirsa, demak unga hokimlar şerik degani, korrupsiya bor degani. Kim sizlarning kabinetlaringga kirib, nimalar taklif qilyapti?! Bu - xalqning puli, har bir sömi uçun javob berasizlar!

Oldin paxtani qöşib yoziş bor edi, undan qutuldik desak, sanoatda qöşib yozişni örganyapsizlarmi?!

Ramatov, Zokirov viloyat hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda 139 ta turar joy massivlari böyiça tenderlarni yakunlab, quriliş işlarini boşlasin.

Birinçi yarim yillikda eksport hajmini 5,2 milliard dollarga yetkazişni ta'minlaş lozim. Bunda yanvar-aprel oylarida qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti böyiça bajarilmagan 169 million dollar örni ikkinçi çorakda töliq qoplanişi kerak. 

Jumladan, Farğona – 50 million dollar, Andijon – 29 million dollar, Toşkent viloyati – 22 million dollar, Namangan – 17 million dollar, Samarqand – 11 million dollar”, deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.