Prezident Şavkat Mirziyoyev makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy ösişni ta'minlaş böyiça birinçi yarim yillikdagi vazifalar muhokama qilingan videoselektor yiğilişi ötkazmoqda.
“Bugungi yiğilişimizda birinçi çorak yakunlarini sarhisob qiliş bilan birga kelajakdagi rejalarni ham muhokama qilib olişimiz kerak. Hokimlar, vazirlar, boş vazir örinbosarlari vertikali işlamayapti. Har bir vazir örinbosarlari öz mas'uliyatini his qilişi kerak, zimmasiga olişi kerak. Buning uçun kerak bölsa qonuniy asoslar zarur.
Bu masalaning jiddiyligi şundaki, butun dunyo pandemiya asoratlaridan qutulişga harakat qilyapti. Iqtisodiy ösişni ta'minlay olmayotgan tarmoqlar rahbarlari işdan ketişi kerak.
Murakkab pandemiya şaroitida, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaganimiz natijasida, iqtisodiy barqarorlikni, işlab çiqariş körsatkiçlari va iş örinlarini saqlab qolişga erişdik.
Jumladan, birinçi çorakda yalpi içki mahsulotimiz 3 foizga, sanoat – 3,8 foizga, qişloq xöjaligi – 3,1 foizga ösdi.
Davlat budjeti daromadlari prognozga nisbatan 1,9 trillion sömga (5,7 foiz), jumladan soliq tuşumlari 1,5 trillion sömga (6,1 foiz) köpaydi. Eksport hajmi yanvar-aprel oylarida 3,2 milliard dollarni (prognozga nisbatan 17 foizga köpni) taşkil qildi. Şu bilan birga, joriy yil uçun reja qilingan 5,1 foiz iqtisodiy ösiş körsatkiçi hudud va tarmoq salohiyatiga nisbatan ança past.
Bu körsatkiç kamida 6 foiz bölişi uçun boş vazir örinbosarlari, vazirlar, viloyat, tuman va şahar hokimlari, tarmoq rahbarlari qöşimça zaxiralarni topib, amalda işga solişi kerak.
Lekin, ayrim tarmoq va hudud rahbarlari yaratib berilgan imkoniyatlardan ham töliq foydalana olmayaptilar.
Misol uçun, birinçi çorakda “Özavtosanoat”da işlab çiqariş hajmi 40 foizga, “Özbekneftgaz” – 4,7 foizga, çarm mahsulotlari – 10 foizga pasaygan.
Sönggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oşgan bir paytda, farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 22 foizga kamayişini qanday izohlaş mumkin?
Şuningdek, 74 ta yirik hududiy korxonada işlab çiqariş hajmi ötgan yilga nisbatan 1,1 trillion sömga kamaygan”, deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












