Davlat rahbari makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy ösişni ta'minlaş böyiça, birinçi yarim yillikdagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazmoqda.
“May-iyun oylarida oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 1,6 trillion söm mablağ ajratiş, viloyat, tuman va şahar hokimlari bu orqali kamida 30 ming nafar fuqaroga daromad manbai uçun şaroit yaratişi kerak.
Sohalar kesimida, sanoatda – 3 trillion söm, savdo va xizmat körsatişda – 2,1 trillion söm, qişloq xöjaligida – 1,8 trillion söm, qurilişda – 978 milliard söm, transport va kommunikatsiyada – 547 milliard sömlik muammoli kreditlar vujudga kelgan.
Agar bu pullar iqtisodga qaytsa, qança foyda bölardi? Agar qaytmasa, bu kreditlarni kimlarga bergansizlar?! Bu pullar qaytişi hozir iqtisodiyotimizga havodek zarur. Bu yil iqtisodiyotimizga misli körilmagan pul sarfladik.
Hududlar kesimida Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarining har biriga qariyb 1 trillion sömdan muammoli kreditlar töğri kelmoqda. Bu mablağlarni qaytarişga boş vazir örinbosarlari, viloyat, tuman va şahar hokimlari, sektor va tijorat banklari rahbarlari şaxsan javob beradilar.
Bunda, Umurzoqov – 5 trillion söm, Qöçqorov – 4,2 trillion söm, Ramatov – 2,2 trillion söm, Ğaniyev – 1,8 trillion söm, Musayev – 120 milliard söm, Abduhakimov – 103 milliard sömning qaytimiga tarmoq va hudud rahbarlari bilan birdek javob beradi”, talab qöydi prezident.
Ramatov, Qöçqorov, Umurzoqov, Ğaniyev, Musayev, Abduhakimov viloyat hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda öz kompleksiga kiruvçi korxonalarning muammoli qarzdorligini töliq xatlovdan ötkazib, ikkinçi çorak yakuniga qadar ularning kamida 25 foizini, yil yakuniga qadar esa 100 foiz qaytimini ta'minlaş böyiça hududlar va tarmoqlar kesimida grafikni tasdiqlasin.
Qoraqalpoğiston – 14 milliard söm, Andijon – 68 milliard söm, Buxoro – 13 milliard söm, Jizzax – 27 milliard söm, Qaşqadaryo – 39 milliard söm, Navoiy – 24 milliard söm, Namangan – 67 milliard söm, Samarqand – 44 milliard söm, Surxondaryo – 35 milliard söm, Sirdaryo – 48 milliard söm, Toşkent viloyati – 19 milliard söm, Farğona – 41 milliard söm, Xorazm – 16 milliard söm va Toşkent şahri – 10 milliard söm.
Bu pullarning qaytarilişi uçun har bir hokim şaxsan javobgar böladi”, – deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












