Prezidentning 2021 yil 7 maydagi “Neft-gaz hamda elektr energetika sohalari uçun malakali kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş munosabati bilan Özbekiston prezidentining ayrim qarorlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

U bilan prezidentning quyidagi qarorlariga özgartirişlar kiritildi:

1) Prezidentning 2011 yil 6 iyuldagi qarori 6-bandi 2-xatboşisiga, u bilan belgilanişiça, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toşkent şahridagi filialiga (1-filial) kiriş uçun kvotalar Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, «Öztransgaz» AJ, «Hududgazta'minot» AJ, şuningdek boşqa taşkilotlar bilan kelişgan holda vasiylik kengaşi qarori bilan tasdiqlanadi. Ilgari filialga qabul rejasi har bir öquv yili uçun universitet bilan kelişuvga binoan “Özbekneftgaz” MXK ehtiyojlarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan.

2) Prezidentning 2017 yil 25 sentyabrdagi qaroriga 1-ilovada vasiylik kengaşining yangilangan tarkibi tasdiqlangan.

3) Prezidentning 2019 yil 4 iyundagi qaroriga:

a) quyidagi muddatlar özgartirildi:

  • - 2021 yil 1 avgustga qadar Toşkent şahridagi "MEI" milliy tadqiqot universiteti" federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filialiga (2-filial) taqdim etilayotgan bino va inşootlar rekonstruksiya qilinişi;
  • - 2022 yil 1 yanvarga qadar 2-filial joylaştirilişi, 2-filialga taqdim etilayotgan bino va inşootlarning zamonaviy öquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter va orgtexnika, adabiyotlar va kutubxona fondi, inventar, mebel va boşqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanişi;

b) "Enter Engineering Pte. Ltd. (Singapur)" - 2-filialga taqdim qilinayotgan bino va inşootlarni rekonstruksiya qiliş, quriş, kapital ta'mirlaş va jihozlaş bilan boğliq işlarning bajarilişi böyiça tayyor holda topşiriş" şarti asosida jalb qilinadigan boş pudratçi taşkilot etib belgilandi. Bunda, bino va inşootlarni quriş, rekonstruksiya qiliş, kapital ta'mirlaş va jihozlaş bilan boğliq işlarning bajarilişi böyiça quriliş, loyihalaştiriş va moliyalaştiriş işlarini bir vaqtning özida olib borişga hamda tovar (iş, xizmat)lar, quriliş materiallari, xomaşyo, butlovçi qismlar va asbob-uskunalarni işlab çiqaruvçi (xizmat körsatuvçi)lar hamda ularning rasmiy dilerlari bilan töğridan töğri muzokaralarni ötkaziş va eng maqbul takliflarni tanlab oliş şartlari asosida şartnomalar tuzişga istisno tariqasida ruxsat berildi.

Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2021 yil 7 maydan kuçga kirdi.