Taqdimotda mutasaddilar boşqa xorijiy davlatlar bilan murakkab konlarni özlaştiriş, sohani raqamlaştiriş, talab yuqori bölgan mutaxassislarni tayyorlaş kabi muhim yönalişlarda hamkorlik işlarining borişi va galdagi rejalar yuzasidan axborot berdi.

Prezident istiqbolli maydonlar böyiça aniq loyihalarni şakllantiriş, geologiya-qidiruv işlaridan tayyor mahsulot olişgaça bölgan töliq zanjirni yölga qöyiş yuzasidan körsatmalar berdi.

Şu bilan birga, amaldagi xorijiy va qöşma korxonalarda yangi burğulaş usullarini qöllaş, quduqlarning samaradorligini oşiriş orqali neft va gaz hajmini köpaytiriş zarurligi ta’kidlandi.

Yiğilişda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham körib çiqildi. Mutasaddilar buning uçun yetarli energiya işlab çiqariş, gaz omborlarida jamğariş va muvozanatli yetkazib beriş çoralari körilayotgani töğrisida axborot berdi.

Xususan, Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 ming 65 megavattli ikkita buğ-gaz qurilmasi, Sirdaryoda 1 ming 573 megavattli issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Ularning jami quvvati yiliga 20 milliard kilovatt-soat böladi.

Şuningdek, bu yil Toşkent, Namangan, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida jami 162 megavattli yangi gidroelektr stansiyalar işga tuşiriladi. Ularda yiliga 648 million kilovatt-soat elektr işlab çiqariladi. Ta’kidlanişiça, bular avvalo xalq ehtiyoji va ösib borayotgan iqtisodiyot uçun qöşimça quvvat böladi.

Ayni paytda tegişli tarmoq va podstansiyalarni ta’mirlaş işlari ham boşlangan. Issiqlik stansiyalari barqaror işlaşi uçun zarur yoqilği, butlovçi va ehtiyot qismlar zaxiralari şakllantirilmoqda.

Yiğilişda soha infratuzilmasini izçil modernizatsiya qilib, energiya yetkazib beriş uzluksizligini ta’minlaş böyiça vazifalar belgilandi.