«Janglar darhol töxtatilişi kerak», deb aytgan Guterriş BMT Xavfsizlik kengaşining Yaqin Şarqdagi mojaro yuzasidan ötayotgan yiğilişida. BMT boş kotibi sönggi haftada 200dan köproq kişining ölimiga olib kelgan zöravonlikni «mudhiş» deb atagan.
«Bu keskinlik gumanitar inqirozga hamda nafaqat Falastinning bosib olingan yerlari va Isroilda, balki butun mintaqada ekstremizm yanada kuçayişiga olib kelişi mumkin», deb aytgan Guterriş.
Avvalroq Falastinda Isroilning zarbalari oqibatida halok bölganlar soni 200dan oşgani ma'lum qilingan. Öz navbatida, Isroil tomondan qurbonlar soni 10 kişiga yetgan.
Şuningdek, Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari 18 may kuni Isroil va Falastin örtasidagi qarama-qarşilik böyiça videomuloqot ötkazadi. Ittifoqqa a'zo davlatlar mojaro böyiça umumiy pozitsiyaga kelişga harakat qilmoqda. YeIning ba'zi davlatlari, jumladan, Germaniya, Avstriya va Sloveniya mojaroda Isroilni qöllab-quvvatlayotgan bölsa, ba'zilari uni özini bosiq tutişga çaqirmoqda.













