Yaqin Şarqda Falastin hamda Isroil örtasidagi mojaro yana avj oldi. 2014 yildan buyon sodir bölgan bu davlatlar örtasidagi eng yirik töqnaşuvlarda Falastin yaqqol autsayder. Çunki harbiy jihatdan Isroilga bas keliş oson emas. Boşqa tomondan arab davlatlari Falastinni yolğizlatib qöymoqda. Köpçilik arab olami vakillari Isroil bilan yaqindagina tiklangan aloqalarni buzmaslik uçun Falastinni qöllamayapti.
Harbiy amaliyotlar bir neça kundan buyon töxtamayapti. Har ikki tomon bir-biriga raketa zarbalarini amalga oşirmoqda. Farq şundaki, Isroilning zarbalari aksariyat holatda odamlar juda ziç yaşaydigan kvartallarga tuşayotgan bölsa, Falastinning, aniqroği, HAMASning zarbalari havoning özida yakson qilinmoqda. Janglar yana avj olganidan buyon 132 kişi öldi. Ulardan 32 nafari bola, 21 nafari ayol kişi. Isroil tomonidan 8 kişi öldi.
Yangi uruş arab olami va Isroil örtasidagi munosabatlarni yana keskinlaştirdi. Ötgan yil köpçilik arab davlatlari Isroil bilan uzoq yillik sovuq munosabatlarni iliqlaştirib olişdi. Arab davlatlari hamda Isroil munosabatlari iliqlaşişi poydevori bölişi kerak bölgan hujjat 2020 yil BAA, Bahrayn, Sudan va Marokaş örtasida AQŞ vositaçiligida imzolanişi kerak edi. Öşandan keyin arab davlatlari ilk marta Isroil bilan razvedka va davlat xavfsizligi borasida hamkorlik qilişi haqida e'lon qilişdi. Isroil va Falastin örtasidagi uruşning yana xuruj qilişi esa bu arab davlatlarini juda noqulay ahvolga tuşirib qöydi. Ular yaqin-yaqingaça Isroil bilan tibbiyot, iqtisod va turizm sohasida hamkorlik manfaatli ekaniga fuqarolarini işontirişga urinayotgandi, lekin bu mamlakat fuqarolari televizor orqali Falastindagi uylar qanday qilib raketa hujumiga uçrayotgani, musulmon olami uçun muqaddas bölgan Aqso masjidiga Isroil politsiyasi hujum qilganini körib turişibdi. Bunday holatda odamlarni yana Isroil bilan işlaş manfaatli ekaniga işontiriş qiyin böladi.
Ikki stulda ötiriş
Arab mamlakatlari Isroil va Falastin örtasidagi oldingi uruşlarda yahudiylarni keskin qoralar, voqealar qaysidir ma'noda bir tomonlama yoritilardi, ya'ni falastinliklar zulmga uçrayotgani körsatilardi. Lekin bu galgi uruş boşqaça yoritilmoqda. Arab olamidagi davlat telekanallari göyoki ikki tomonni ham eşitayotgan bölib, Isroildagilar ham sirena tovuşlaridan uxlolmayotgani, HAMAS zarbalaridan qoçayotganini körsatmoqda. BAAning Sky News Arab telekanali Isroil tomonining raketa zarbalari nişoni faqat HAMAS obektlari bölayotgani haqidagi bayonotini körsatdi.

Iordaniya va Bahraynda, şuningdek, dunyoning önlab mamlakatida, xususan, AQŞda Falastinni qöllab-quvvatlaş aksiyalari ötkazildi. Musulmon siyosatçilar Falastinni qöllaşini ma'lum qildi, lekin bu çiqişlar hozirça faqat oğzaki bölib qolmoqda. Bu galgi ziddiyat mintaqada Eronning ta'siri oşişi xavfi paydo bölgan va arab olami Isroilning mintaqadagi rolini tan ola boşlagan vaqtda sodir böldi. Bu esa vaziyatni yanada murakkablaştirdi.
Eng qiyin ahvolda BAA hukumati qoldi. Arab davlatlari orasida aynan BAA Isroil bilan munosabatlar normallaşganini birinçi bölib rasman e'lon qilgandi. Ba'zi BAAlik siyosatçilar Falastinni qöllaşi haqida gapirdi, lekin hukumat öz bayonotlarida HAMAS va uning yetakçilarini tilga olmayapti.
«BAA Isroil bosqinçiligini qoralab, şimoliy Quddus poytaxti bölgan mustaqil Falastin davlati tuzilişini qöllab-quvvatlaydi. Bu tarixiy va prinsipial pozitsiya va u özgarmaydi», deb yozdi masalan BAA prezidenti maslahatçisi Anvar Gargaş.
Eng keskin bayonotni Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan bildirdi. U Turkiya bölayotgan holatga jim qarab turmasligini aytdi: «Uç dinning uyi bölgan muqaddas dargohga hujum qiliş orqali Isroil terroristik davlati hamma çegaralarni buzdi. Barçasini hozir töxtatmasak, biz bu vahşiylikning qurboniga aylanamiz».
Öz navbatida, Eron ham jim turmay munosabat bildirdi va insoniyatga qarşi qilinayotgan bu harakatlarga qarşi turiş uçun mintaqaviy hamkorlik bölişi kerakligini ma'lum qildi. Biroq Eron ham, Turkiya ham arab davlati hisoblanmaydi. Buning ustiga, Falastinda sunniylar yaşagani uçun Eron aytarli qöllab-quvvatlov taqdim etişi qiyin.

Arab olami esa Isroil bilan munosabatlar yomonlaşişini xohlamaydi, çunki ikki tomonlama köplab manfaatli şartnomalar imzolab qöyilgan. Şunga qaramay, Falastinning boşiga ne savdolarni solayotganini körgan arab davlatlari Isroil bilan munosabatlarda masofani uzoqroq saqlaşga ham harakat qilsa kerak. Isroilda işlagan misrlik sobiq diplomat Ezzedin Çukrining aytişiça, Isroil va Falastin örtasidagi mojaro arab davlatlarini bosim ostida qoldirayotgan bölsa-da, ular azbaroyi Isroil bilan munosabatlari yomonlaşmasligi uçun keskin bayonot berişdan ham çekinişadi. Harbiy ekspert Maykl Stivensning aytişiça, BAA Isroil bilan munosabatlar yomonlaşişini xohlamaydi, lekin hozirgi voqealar tinçigunga qadar BAA va Isroil munosabatlari ham tarangligiça qoladi.
Dunyo tajribasidan kelib çiqib şunday xulosa qiliş mumkinki, bunday vaqtda arab davlatlari Isroil bilan yopiq eşiklar ostida munosabatlarni davom ettiraveradi. Diplomatik uçraşuvlar va matbuot anjumanlaridagi tabassumlarni yaqin örtada körmasak kerak.
Şu örinda, hatto Xitoy Falastinni qöllayotgan bir vaqtda arab dunyosining jim turgani musulmonlarni hayron qoldirmoqda. Çunki Falastindagi mojaro butun islom olamiga aloqador qadriyatni oyoqosti qilişga urinişdan keyin boşlandi. Islom ta'limotiga köra, oxirzamon payğambari Muhammad sallallohu alayhi va sallam aynan Quddusdagi Masjidul Aqsodan me'rojga kötarilganlar. Isroil islom olamidagi eng muqaddas uç masjiddan biri bölgan Aqsoning oldida yaşovçi 70 ta falastinlik oilani u yerdan köçiriş haqida harakat boşladi. Şundan söng kelişmovçilik boşlandi va Ramazon vaqti masjidning içkarisida minglab musulmonlar bölgan holatda Isroil politsiyasi hujum qildi. Masjidning içida portlaş sodir etildi va musulmonlar kaltaklandi.
Şundan söng HAMAS Isroil tomonga havo zarbalarini amalga oşirdi va şu bilan uruş boşlanib ketdi. Isroilning havo hujumidan himoya tizimi zarbalarni bitta-bitta parçalayotgan vaqtda na harbiy va na iqtisodiy jihatdan Isroilga yaqinlaşa oladigan Falastin musulmonlari bitta-bitta Isroil raketalari qurboniga aylana boşladi. Mana şunday vaqtda arab olami Isroil bilan munosabatlarini öylayotgani açiniş bilan qabul qilinmoqda. Axir 1967 yilgi uruşda Iordaniya, Suriya, Misr va Iroq ham arab koalitsiyasi tarkibida Isroilga qarşi jang qilib, öz yerlarini boy bergan. Öşa uruşdan Isroil öz hududidan 3,5 baravar katta joyni egallab olgan. Isroil armiyasi arab koalitsiyasini olti kun deganda kunpayakun qilib, keyinçalik olti kunlik uruş nomini olgan jangda ğolib bölgandi.
Köpçilik jim turiş deganda harbiy harakatlarni tuşunişi mumkin, lekin bugun dunyoda diplomatiyaning özi köp narsani hal qiladi. Köp davlatlarning bayonotlari har qanday agressiyani ham tiyib qöyişi mumkin.













