Rossiya xorijlik abituriyentlar uçun kvotalarni oşirdi, deb xabar berdi «Aziya v Tsentre» Telegram-kanali.
Xabarda aytilişiça, Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri Valeriy Falkov hukumat a'zolari iştirokidagi yiğilişda mamlakat oliy ta'lim muassasalarida öqiş uçun xorijlik abituriyentlardan talab ösganligini qayd etdi.
«Pandemiya va boşqa salbiy omillarga qaramasdan, xorijlik abituriyentlarning Rossiya oliy ta'lim muassasalarida öqişga qiziqişi yuqori bölib turibdi. Şu sababli xorij fuqarolarining öqişi uçun kvotalar sonini oşiriş töğrisida qaror qabul qilindi. Bu yerda yaqin qöşnilarimiz — Tojikiston, Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston yetakçi hisoblanadi», — dedi u.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sözlariga köra, yaqin xorijlik yoşlarning Rossiyada ta'lim olişi MDHdagi şeriklar bilan hamkorlikning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
«Ammo bu mamlakatlarda rus tili öqitilişini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratişimiz lozim», — dedi Putin.












