Aholi jon boşiga dori-darmon uçun ajratilayotgan mablağ uç baravarga köpaytiriladi. Bu haqda tibbiyot yönalişidagi vazifalar ijrosiga bağişlab ötkazilgan videoselektorda ma'lum qilindi.

Birlamçi tibbiyot muassasalarini dori va tibbiyot vositalari bilan qöşimça ta'minlaşga joriy yil investitsiya loyihalarini optimizatsiyasi hisobidan 165 milliard söm ajratiladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bu borada tibbiyotdagi korrupsiyaga qarşi keskin kuraş olib boriş lozimligini ta'kidlagan.

«Biz budjetdan tibbiy xizmat uçun pul ajratyapmiz, ammo bu mablağ joylarga borganda korrupsiya tufayli özlaştirilib ketyapti. Nima uçun şu muammoni hal qila olmayapmiz?

Axir paxta degan oyoğimizga kişan bölib turgan narsadan qutuldik-ku, majburiy mehnatni yöq qildik. Nima uçun tibbiyot ham tartibga olinmayapti?» deya davlat rahbarining sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.

Ta'kidlanişiça, bir hafta muddat içida investitsiya loyihalarini maqbullaştiriş hisobiga har bir viloyat kesimida iqtisod qilinadigan mablağlar aniqlanadi.

Buning evaziga, birlamçi tibbiyot muassasalarida aholi jon boşiga dori-darmon uçun ajratilayotgan mablağ 3 baravarga köpayadi (5 mingdan 15 ming sömga).