2020 yilda ötkazilgan onlayn-konferensiyada AQŞning nufuzli universitetlaridan hisoblanuvçi Pitsburg universiteti va SamDTI örtasida hamkorlik qiliş böyiça kelişuvga erişilgan edi.
Şu kelişuv doirasida Pitsburg universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot institutida bölişdi. Nufuzli universitet delegatsiyasi tarkibida öquv işlari va xalqaro faoliyat böyiça vitse-kansler, epidemiologiya yönalişi böyiça yetakçi professor Margaret MsDonald, tibbiyot maktabining xalqaro tibbiy ta'lim dasturlari direktori, içki kasalliklar böyiça professor David Elnicki va öquv işlari böyiça dekan örinbosari, mikrobiologiya yönalişi böyiça olim Saleem Khan taşrif buyurişdi.
Taşrif avvalida Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati bilan rasmiy muzokaralar ötkazildi.


Samimiy keçgan muloqot davomida, professor Jasur Rizayev sönggi vaqtlarda yurtimizda olib borilayotgan oliy tibbiy ta'limdagi islohotlar, bevosita davlat rahbari boşçiligida olib borilayotgan keng kölamli işlar va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari va muhimligi haqida sözlab berdi. Kelajakda Samarqand tibbiyot instituti öqituvçilari Amerikaning Pitsburg universitetida malaka oşiradilar. Pitsburg universiteti bilan hamkorlik doirasida institutdagi öquv jarayonini, ilmiy tadqiqotlar olib borilişi, xalqaro standartlar darajasiga olib çiqiş yuzasidan fikrlar bildirdi. Bu borada aniq takliflar va tajriba almaşiş haqida kelişib olindi. Mazkur taşrifning dastlabki kunida Samarqand davlat tibbiyot instituti va Pitsburg universiteti örtasidagi özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma'lumot uçun, 1787 yilda taşkil etilgan Pitsburg universiteti 17 ta kollej va maktabdan iborat bölib, unda 35 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda. Pitsburg universitetining tibbiyot fakulteti nafaqat AQŞning, balki jahonning yuqori reytingli tibbiyot universitetlari qatorida sanaladi.
Delegatsiya a'zolari institutning Akuşerlik va ginekologiya, xirurgiya va neyroxirurgiya kafedralarida olib borilayotgan öquv jarayoni, ilmiy va davolaş işlari bilan yaqindan tanişdilar.
Delegatsiya rahbari, professor Margaret MsDonald taşrif taassurotlari haqida fikrlarini quyidagiça izhor etdi:
- Samarqand davlat tibbiyot institutida olib borilayotgan öquv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va davolaş işlari bilan tanişiş davomida bu oliygohda olib borilayotgan islohotlarning kelajagi haqida ijobiy fikrlar aytiş mumkin. Pitsburg universitetidagi zamonaviy tibbiy ta'lim jarayonidagi va ilmiy-tadqiqot işlaridagi köpgina yutuqlarni Samarqand davlat tibbiyot instituti amaliyotiga joriy etiş böyiça bugungi uçraşuvda kelişuvga erişdik. Jumladan, öquv jarayoniga simulyatsion texnologiyalarni, laboratoriyalar işini töğri taşkil etişni, öquv uslubiyatidagi yutuqlarni tatbiq qilişni rejalaştiryapmiz va bu borada istiqbolli rejalar tuzildi.












