Tadbir davomida Abduhakimov özi egallab turgan lavozimlarning köpligi iş sifatiga qançalik ta'sir körsatişi, u raislik qilayotgan Şaxmat federatsiyasi xodimlari bir neça oydan buyon oylik ololmayotgani hamda fuqarolar uçun arzonlaştirilgan turistik marşrutlar taşkil etiş yuzasidan berilgan savollarga ham javob qaytardi.

Boş vazir örinbosari egallab turgan lavozimlarining köpligi iş sifatiga qançalik ta'sir körsatişi borasida

— Men özimça borib, bu lavozimlarni talab qilib olganim yöq. Bir yönalişda ösiş, uni ijro etiş osonroq böladi. E'tibor bersangiz, har bir lavozimim mantiqiy nuqtayi nazardan boğlangan. Ya'ni barçasi turizmga oid. Şusiz ham bu vazifalarni bajarar edim.

Köpçilikni yana bir savol qiziqtiradi. Işlayotgan barça joylarimdan oylik olamanmi? Yöq, men faqat boş vazir örinbosari sifatida oylik olaman.

Öylaşimça, vaqti-soati keladi, mendagi vazifalarning hammasi öz egasini topadi. Yoşlarimiz tezroq özini körsatamiz desa, rahbariyat, albatta, yoşlarimizni şu lavozimlarga qöyişadi.

Şaxmat federatsiyasi raisi taşkilot xodimlari 6 oydan buyon oylik maoşlarini ololmayotgani haqida

— Olti oy emas, sal kamroq. Bu masala yeçildi. Özim borib şuğullandim. Bilasiz, federatsiyada bungaça juda katta muammolar bölgan. Bizning bir qator iqtidorli, yoş qizlarimizga yöl berilmagan. Bir qança insonlar esa faqat öz yaqinlarini xalqaro turnirlarga yuboravergan. Biz buni ham bartaraf etdik.

Özbekistonga yaqinda Xalqaro şaxmat federatsiyasi raisi Arkadiy Dvarkoviç ham kelib ketdi. Juda yaxşi kelişuvlarga erişdik.

Biz hozir şaxmatni odamlar orasida ommalaştirişga harakat qilyapmiz. Buning uçun Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand, Andijon va Farğona viloyatlaridagi parklarda Şaxmat akademiyasining maktablarini taşkil etyapmiz.

1000ta maktabda esa şaxmatni çuqurlaştirib örgatiş tizimini yölga qöydik. Şuningdek, yana 150ta maktabda maxsus şaxmat sinflari taşkil qilindi. Qolgan 8 ming maktabda ham şaxmat sinflarini oçişga harakat qilyapmiz.

Oddiy qilib aytganda, hamma joyda şaxmat bölsa, hamma öynagisi keladi. Hozir «Afrosiyob» tezyurar poyezdida ham bu imkoniyatni taşkil qildik. U yerda sörasangiz, sizga şaxmat berişadi.

Biz hozir qator viloyatlardagi restoran va kafelarda ham şaxmat burçaklarini taşkil qilişni tajribadan ötkazyapmiz.

Bundan taşqari, men özim ham Moskva va Italiyadan şaxmat böyiça eng yaxşi kitoblarni sotib olişga harakat qildim. Endi bularni özbek tiliga tarjima qilamiz. Bunda «24 soatda şaxmatni örganing» degan kitoblar çiqarişimiz kerak.

Biz dekabr oyida dunyoning eng yetakçi şaxmatçilarini Özbekistonda yiğib, katta musobaqa taşkil qilmoqçimiz.

Qişloq odamlari uçun arzonlaştirilgan turistik marşrutlar taşkil qiliş haqida

Uzoq qişloqlardagi aholining ham turistik sayohatlarga çiqişi uçun imkoniyat yaratişimiz kerak. Xabaringiz bor, bu borada prezidentning transport va mehmonxona xizmatlarini arzonlaştiriş böyiça farmoni qabul qilingan.

Unga köra, bu xizmatlar 50 foizgaça arzonlaştirilgan. Buning natijalarini sezyapmiz. Ya'ni dam oliş kunlari Buxoro yoki Samarqanddagi ziyoratgohlarga borsak, u yerda juda katta mahalliy turistlar oqimi paydo bölganini köramiz.

Bir narsani aytiş örinli böladi, özbek va umuman turkiy xalqlarda ziyorat tuşunçasi qonimizda bor. Odamlarga borib, turistik sayohatga çiq, desangiz tuşunmasligi mumkin, lekin ziyorat desa, hamma borgisi keladi. Şu sababli bizda hozir ziyorat turizmi yaxşi rivojlanyapti.