Özbekiston elçixonasi kömagida Farğona viloyati hokimligi va Malayziyaning «Clipper Energy» kompaniyasi vakillari örtasida onlayn-muzokaralar taşkil etildi.

«Dunyo» xabariga köra, uçraşuvda tomonlar Farğona viloyatida 450 million dollardan ortiq töğridan töğri Malayziya sarmoyasi asosida 1000 Mvtgaça quvvatga ega şamol elektr stansiyasini bunyod etiş masalalarini muhokama qilgan.

Muzokaralar çoğida «Clipper Energy» kompaniyasi asosçisi Mohd Halim Şoh yuqorida qayd etilgan investitsiya loyihasi doirasida kompaniya tomonidan amalga oşirilayotgan işlar, jumladan, tegişli loyiha hujjatlarini işlab çiqiş, asbob-uskunalar yetkazib beruvçini tanlaş va boşqa jihatlar haqida ma'lumot bergan.

Uçraşuv natijasida iyul oyida «Clipper Energy» vakillarining hamkorlik şartnomasini imzolaş, loyihaning manzilini aniqlaş va kompaniyaning Farğona viloyatida ofisini oçiş uçun Özbekistonga taşrifini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişilgan.

Ma'lumot uçun, 2020 yilning dekabr oyida tomonlar örtasida uşbu loyihani amalga oşirişning texnik-iqtisodiy asoslarini örganiş işlarini taşkil etiş böyiça özaro anglaşuv memorandumi imzolangan edi.

Avvalroq, «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan Qoraqalpoğistonda 1500 Mvt quvvatga ega şamol energetikasini loyihalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qiliş töğrisida bitim imzolangandi.