Bayden, şuningdek, Putin bilan Ukraina masalasida ham fikr almaşadi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Jyen Psaki ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
Eslatib ötamiz, 23 may kuni Gretsiya poytaxti Afinadan Litva poytaxti Vilnyusga qarab yölga çiqqan Ryanair aviakompaniyasi samolyoti Belarus hududini tark etişi arafasida ortga qaytarilib, qiruvçi samolyot hamrohligida Minskka majburiy qöndirildi.
Qönişdan söng samolyot bortida bölgan belaruslik muxolifatçi faol Roman Protaseviç va uning sevgilisi, Rossiya fuqarosi bölgan Sofiya Sapega hibsga olindi. Protaseviç – ötgan yili Belarusdagi prezidentlik saylovlaridan keyingi namoyişlarni yoritib borgan NEXTA Telegram-kanalining sobiq boş muharriri sanaladi.
Rasmiy Minsk, avvaliga, samolyotda göyoki bomba örnatilgani haqida Ğazo sektoridagi HAMAS guruhidan xabar olganini bildirdi, HAMAS buni rad etdi. Keyinroq esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko samolyotda göyoki terrorçi bölgani haqida gapirdi, bu haqda Şveytsariyadan ma'lumot kelganini aytdi, biroq Şveytsariya aviatsiya ma'murlari ham buni rad etdi.
Jo Bayden va Vladimir Putin uçraşuvi 16 iyun kuni Jyenevada bölib ötadi.
Rossiya prezidenti hozirça bu voqeaga munosabat bildirmadi. AQŞ yetakçisi esa hodisaning ertasiga Belarusning xatti-harakatlarini qoralab, bayonot e'lon qilgan va jurnalistni darhol ozod qilişni talab qilgan. Bayden buni «xalqaro huquqning oyoqosti qilinişi» va «söz erkinligiga behayolarça qilingan hujum» deb atagan.













