Prezident Şavkat Mirziyoyev aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş, turar joylarni ta'mirlaş işlari böyiça videoselektorda isitiş tizimlari böyiça ham töxtalib ötdi.
«Issiqlik tizimini modernizatsiya qiliş böyiça mutlaqo yangi yondaşuvlarni joriy etiş şarti bilan olti oy sinov muddati beriladi.
Respublika böyiça markazlaşgan issiqlik tarmoqlariga 15 mingta turar joy ulangan bölsa-da (40 foiz), 2 ming kilometr issiqlik tarmoği (50 foiz) yaroqsiz ahvolda bölib, tarmoqdagi yöqotişlar örtaça 40 foizni taşkil etmoqda.
Yil yakuniga qadar 56ta qozonxona quriş va rekonstruksiya qiliş, 205 kilometr tarmoqlarni ta'mirlaş orqali 85 mingta xonadonli 2 mingdan ziyod uylarni markaziy issiqlik tarmoğiga ulaş zarur. Toşkent viloyatida – 1,1 mingta, Farğonada – 131ta, Namanganda – 350ta, Buxoroda – 202ta, Samarqandda – 93ta köp qavatli uylarda markazlaşgan issiqlik tizimi tiklanişi kerak.
Şuningdek, energosamaradorlik 57 foizdan 92 foizga ortib, tarmoqdagi yöqotişlar 35 foizdan 3,5 foizga tuşadi.
Birgina misol, Toşkent şahri issiqlik ta'minotini «yopiq tizim»ga ötkaziş yiliga 3 million gigakaloriya issiqlik yöqotişni (420 milliard söm), 320 million kubmetr (210 milliard söm) tabiiy gaz hamda 85 million kilovatt (40 milliard söm) elektr sarfini qisqartiriş imkonini beradi», deya prezident sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











