30 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Çje Inning taklifiga binoan Seul şahrida videoanjuman şaklida ötayotgan “Yaşil ösiş va global maqsadlar uçun hamkorlik – 2030” ikkinçi xalqaro sammiti işida iştirok etdi.

Ikki kunlik forum kun tartibidan iqlim özgarişi oqibatlarini yengib ötiş, “yaşil” tiklaniş va uglerod neytralligini ta'minlaş, şuningdek, BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erişiş va Iqlim böyiça Parij bitimi qoidalarini bajariş masalalari örin olgan.

Tadbirda dunyoning yetakçi mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari, yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlari iştirok etmoqda.

Xususan, sammitda BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş, Yevropa Kengaşi Raisi Şarl Mişel va Yevropa Komissiyasi Raisi Ursula fon der Lyayyen, Germaniya Kansleri Angela Merkel, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Boş vaziri Boris Jonson, XXR Davlat kengaşi Boş vaziri Li Ketsyan, AQŞ Prezidentining iqlim masalalari böyiça maxsus vakili Jon Kerri, XVF boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyeva, Yaşil ösiş global instituti raisi Pan Gi Mun va IHTT boş kotibi Anxel Gurriya qatnaşmoqda.

Özbekiston Prezidenti öz nutqida “yaşil” tiklaniş sohasida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan yangilanişlarning muhim yönalişlarini qayd etdi hamda bu boradagi xalqaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan öz nuqtai nazarini bayon qildi.

Davlatimiz rahbari “yaşil” va barqaror taraqqiyotga xizmat qiladigan samarali qarorlar qabul qiliş uçun butun xalqaro hamjamiyatning sa'y-harakatlarini birlaştiriş zarurligini alohida ta'kidladi.

Orol dengizi halokatining global oqibatlarini yengib ötiş bu boradagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Şu munosabat bilan Prezidentimiz yaqinda Özbekiston taşabbusi bilan Orolböyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e'lon qiliş böyiça qabul qilingan BMT Boş Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi töliq qöllab-quvvatlangani uçun barça xalqaro hamkorlarga minnatdorlik bildirdi. Mazkur yönalişdagi işlarni, şu jumladan maxsus taşkil etilgan BMT Trast jamğarmasi, Yaşil ösiş global instituti, “P4G” şeriklik platformasi va boşqa xalqaro institutlar doirasida birgalikda faol davom ettiriş taklif etildi.

Mintaqamizda iqlim özgarişlari, buğlaniş darajasini oşiruvçi gazlar va atmosfera ifloslanişi muammolari ta'sirida transçegaraviy daryolar oqimi va biologik xilma-xillik qisqarayotgani munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.

Özbekiston Parij bitimi doirasida 2030 yilga qadar parnik gazlarni atmosferaga çiqarişni qisqartiriş böyiça öz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarişga sodiq ekani ta'kidlandi.

Şu munosabat bilan “yaşil” texnologiyalarni keng joriy qiliş va “yaşil” energetika sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş Özbekistonda yaqin ön yilda qayta tiklanadigan energiya manbalari uluşini 3 barobardan ziyodga köpaytiriş imkonini berişi qayd etildi.

Kelgusi yili Özbekistonda “Rivojlanayotgan mamlakatlar uçun yaşil energetika” mavzusida xalqaro konferensiya ötkaziş, şuningdek, “yaşil” iste'mol madaniyatini şakllantiriş maqsadida “yaşil" iqtisodiyotni barpo etişga yoşlarni jalb etiş böyiça maxsus dasturni amalga oşiriş taşabbuslari ilgari surildi.

Prezidentimiz uşbu muhim sohada amaliy hamkorlikni kengaytiriş maqsadida Özbekiston «P4G» şerikligiga qöşiliş hamda uning tölaqonli iştirokçisiga aylanişga tayyor ekanini bildirdi.

Forum işi davom etmoqda. Uning yakunida “yaşil” tiklaniş va barqaror taraqqiyot sohasidagi xalqaro sa'y-harakatlarni birlaştiriş böyiça eng muhim vazifalarni özida aks ettiradigan Seul deklaratsiyasi qabul qilinadi.