Statistika böyiça tadbirlarda 200 mingdan ortiq odam qatnaşdi. Ular orasida minglab ijodkor, qiziquvçan, ijobiy xislatlarga töla yoşlar bölib, bu yoşlar 5 kun davomida butun şaharni yorqin hislarga töldirib turdilar!
Madaniy va intellektual tanlovlar, futbol, basketbol, stol tennisi, armrestling hamda Street Workout kabi turlar böyiça sport musobaqalari, poytaxtning maşhur va intiluvçan yoşlari bilan mediatreninglar hamda uçraşuvlar, vokal va raqs tanlovlari, «Zakovat» aqliy kuraşi – bular festivalda amalga oşirilgan tadbirlarning tiğiz dasturiga kirgan ayrim tadbirlar xolos.
Özbekistondagi ilk raqamli bank bölgan TBC Bank uçun bu dastlabki yirik hamkorlik loyihasi bölib, u tasodifan tanlanmagan. TBC Bank’ning asosiy qadriyatlaridan biri öz auditoriyasining madaniyat, sport, san'at va adabiyotda hamişa yuksaklikka intilişlarini qöllab-quvvatlaşdan iborat. Bu jarayonda «5 taşabbus» festivali ajoyib start böla oliş bilan birga yoş, intiluvçan insonlar bilan muloqot maydoniga aylanadi.

Bank Smart zone ekopavilonida taqdim etilgan ikki loyihaning homiysiga aylandi. Quyidagilar bankdan moliyaviy kömak oldilar:
- Ekologiya sohasida, «Project X» ideatoni doirasida «Defuse it» jamoasi;
- Biznes sohasida ayollar netvorkingi haftaligi doirasida «AUF Group» jamoasi.
Bundan taşqari digital-bankdan eko uslubdagi, tirik gullar va ösimliklar bilan bezatilgan Salom fotozonasi iştirokçilar e'tiborini jalb qildi. Festival doirasida bölib ötgan Street Art tanlovida rassom Olya Vislinseva instalyatsiyalar harflarini qölda yozib çiqdi.
Mazkur loyihani suratga tuşiriş uçun fotograf Aleksandr Davitaşvili Tbilisidan maxsus yetib keldi. Uning işlarini TBC Bank’ning Instagram, Facebook va Telegram'dagi sahifalarida kuzatiş mumkin.

Öz xizmatlari kommunikatsiyasi va salohiyatli mijozlar bilan bevosita muloqot uçun TBC Bank’ning POS-nuqtasi taşkil etildi. Festival iştirokçilari bank xizmatlari bilan tanişişlari, ilovani yuklab olişlari va festival yakunidan söng bir neça kun içida ötkaziladigan hamda uçta iPhone 12 smartfoni sovrin sifatida qöyilgan tanlovda iştirok etişlari mumkin böldi.
TBC Bank insonning hayoti yanada qulayroq bölişiga möljallangan tajriba yaratişga intiladi va bu boşlanişi xolos!
Ma'lumot uçun: TBC Bank – Gruziyadagi yetakçi bank. 2020 yilda u Özbekistonda öz filialini oçgan va mamlakatdagi ilk raqamli bankka aylangan. Bank öz ilovalari orqali karta, tölovlar va pul köçirişni amalga oşiriş, şuningdek boşqa köplab bank xizmatlarini taqdim etadi.
Reklama huquqi asosida












