Nyu-York fond birjasi Korzinka'ni 110 mln dollarlik investitsiya bilan tabriklamoqda.

Korzinka'ning 110 mln dollarlik investitsiya bitimi

1 aprel kuni Özbekistondagi eng yirik çakana savdo kompaniyasi – Korzinka supermarketlar tarmoği 110 mln dollar töğridan töğri xorijiy investitsiya jalb qilayotganini e’lon qildi. Xususiy kompaniyaning bunday kölamdagi sarmoya kelişuvi – Özbekiston uçun noyob holat. 10 iyun kuni investitsiya kiritiş jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangani ma’lum qilindi.

Sarmoya kiritgan investorlar – Abu Dhabi Uzbek Investment va UzOman moliyaviy taşkilotlari. Bu Korzinka tarixida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki 2020 yilda kiritgan investitsiyadan keyingi ikkinçi yirik sarmoyadir.

Kompaniya reliziga köra, investitsiya köp kanalli çakana savdo modelining tezkor ösişiga yönaltiriladi. Xususan, supermarket formatidagi mavjud yetakçilik mavqeyini mustahkamlaş, Korzina Mahalla kiçik formatli dökonlar tarmoğini kengaytiriş va Korzina Go elektron tijorat loyihasini rivojlantirişga e’tibor qaratiladi.

Bundan taşqari, mablağ 2025 yilning ikkinçi yarmida işga tuşirilişi rejalaştirilgan 49 ming kvadrat metr maydonga ega yangi taqsimot markazini quriş uçun ham sarflanişi reja qilingan. Logistika markazini quriş uçun 2024 yilning oktyabr oyida Germaniya investitsiya va rivojlaniş jamiyatidan ham 25 mln dollar mablağ jalb qilingandi.

Yangi sarmoyalar tufayli Korzinka örta muddatli istiqbolda dökonlari sonini mingtadan oşirişni rejalaştiryapti. Hozirda tarmoq dökonlari soni 150 tadan ortiqni taşkil etadi.

Click va Tengebank kuçlarni birlaştiradi