Angliya Premer-ligasi öz saytida yakunlangan mavsumning eng yaxşi futbolçisi, eng yaxşi murabbiy, eng yaxşi yoş futbolçi va eng çiroyli gol mualliflarini aniqlaş uçun nomzodlar röyxatini e'lon qildi.
Mavsumning eng yaxşi futbolçisiga beriladigan sovrin uçun Kevin De Bryuyne, Ruben Diaş (ikkisi — «Mançester Siti»), Brunu Fernandeş («Mançester Yunayted»), Jyek Griliş («Aston Villa»), Harri Keyn («Tottenhem Hotspur»), Meyson Maunt («Çelsi»), Muhammad Saloh («Liverpul») va Tomaş Souçek («Vest Hem Yunayted») kuraş olib boradi.

Mavsumning eng yaxşi boş murabbiyi böliş uçun nomzodlar qatorida Marselo Belsa («Lids Yunayted»), Xosep Gvardiola («Mançester Siti»), Devid Moyyes («Vest Hem Yunayted»), Brendan Rodjyers («Lester Siti») va Ole-Gunnar Sulşer («Mançester Yunayted») nomlari keltirilgan.

«Çelsi» bilan YeÇL ğolibi bölgan Tomas Tuxel (u mavsum örtasida Frenk Lempard örniga tayinlangandi) hamda ötgan mavsumda «Liverpul» bilan çempion bölib, bu mavsumda sovrinsiz qolgan Yurgen Klopp (mersisaydliklar bu mavsumda uçinçi örinni egallaşdi) nomzodlar röyxatiga kiritilmadi. Çempionatni Belsa murabbiyligidagi «Lids» töqqizinçi, Moyyesning «Vest Hem»i oltinçi, Rodjyers boşqaruvidagi «Lester» beşinçi örinda yakunladi.
Mavsumning eng yaxşi yoş futbolçisi bölişga da'vogarlar: Fil Foden, Ruben Diaş (ikkisi – «Mançester Siti»), Markus Reşford («Mançester Yunayted»), Meyson Maunt («Çelsi»), Illan Mele («Lids»), Domenek Kelvert-Lyuin («Everton»), Bukayo Saka («Arsenal»), Deklan Rays («Vest Hem»).

Bungaça Ruben Diaş jurnalistlar talqiniga köra mavsumning eng yaxşi öyinçisi deb topilgandi.
Mavsumning eng çiroyli goli muallifi böliş uçun da'vogarlar: «Lester» yarimhimoyaçisi Meddison («Siti»ga 27 sentyabrda urilgan), «Vest Hem» yarimhimoyaçisi Lansini («Tottenhem»ga 18 oktyabrda urilgan), «Fulhem» futbolçisi Ayna («Vest Brom»ga 2 noyabrda urilgan), «Vest Hem» sobiq hujumçisi Sebastyan Aller («Kristal Pelas»ga 16 dekabrda urilgan), «Liverpul» hujumçisi Saloh («Vest Hem»ga 31 yanvarda urilgan), «MYu» yarimhimoyaçisi Fernandeş («Everton»ga 6 fevralda urilgan), «Tottenhem» hujumçisi Erik Lamela («Arsenal»ga 14 martda urilgan), «Vest Hem» hujumçisi Lingard («Vulverhempton»ga 5 aprelda urilgan) va «MYu» hujumçisi Kavani («Fulhem»ga 18 mayda urilgan).

😲 𝐒𝐓𝐔𝐍𝐍𝐈𝐍𝐆 😲
— Budweiser Football (@budfootball) June 1, 2021
Which of these 9️⃣ is your @premierleague Goal of the Season?
🗳 Vote: https://t.co/VFOZcAFoxI pic.twitter.com/qTXFlXifRs
Eslatib ötamiz, 2020/2021 yilgi mavsumda «Mançester Siti» çempion böldi. Keyingi örinlarda «Mançester Yunayted», «Liverpul» va «Çelsi» joylaşdi. Mavsumning eng yaxşi töpurari bu poygada sönggi turdagi goli evaziga Salohni ortda qoldirgan Keyn böldi. U eng köp golli uzatmalar beriş borasida ham birinçi böldi, «Tottenhem» yetakçisi bu borada De Bryuyne, Fernandeş va Grilişni ortda qoldirdi.











