«Transafğon temiryölini quriş bilan afğon xalqining iqtisodini kötarişga ham hissa qöşgan bölamiz. Bundan taşqari, Eron, Pokiston portlariga yöl oçiladi. Bu yöllar orqali bitta konteyner yukimiz 3-4 barobar arzonlaşsa, vaqti 4-5 baravarga qisqaradi. Surxondaryoda yetiştirilayotgan qişloq xöjalik mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini dunyoga eksport qiliş uçun qisqa va arzon yöllar kerak», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident tarixda qoladigan işlardan biri Özbekiston xalqiga mulk böladigan ikkita temir yöl – Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy temir yöli va Termiz-Mozori Şarif-Kobul-Peşovar temir yöli hisoblanişini ta'kidladi.
Şuningdek, eksport yönalişida yuzaga kelgan muammolar yeçimi va qöşni davlatlar bilan yölga qöyilayotgan aloqalarga ham töxtab ötildi. Jumladan, qöşni Tojikiston bilan amalga oşiriladigan katta loyihalar borligi ma'lum qilindi.
«Bir paytlar hamkorlik aloqalarimiz 10 mln dollar, 20 mln dollar, juda borsa 50 mln dollar atrofida bölardi. Çunki savdo aloqalarimiz yöq edi desak ham böladi. 2020 yilda oğir pandemiya davri bölişiga qaramay 500 mln dollarga çiqdi. Yaqin 5 yilda savdo aylanmamizni 2 mlrd dollarga köpaytirişni maqsad qilyapmiz», degan prezident.











