“Bir oy içida Surxondaryo böyiça alohida qaror berasizlar. Vazirlar joylarda işlaydi, Şerobodga, Angorga borib işlaysizlar. 60 sektor böyiça aniq reyting tizimi joriy qilasizlar. Har bir sektor böyiça vazir öz yönalişini örgatib, keyin Toşkentga qaytadi.

Viloyatdagi 721 ta mahallaga alohida mutasaddilar biriktiriladi. Har bir reja puxta amalga oşirilişi kerak. Vakil özing sektoriga borib yaşaydi.
 
Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Şerobod tumanlarini kompleks rivojlantiriş böyiça işlab çiqilgan 3 yillik dasturlar ijrosiga alohida e'tibor qaratiladi. Bu 4 ta tumanda yangidan taşkil etiladigan tadbirkorlik sub'yektlarini yer, mol-mulk, kiçik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat'iy miqdordagi daromad soliğidan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod etişni taklif qilaman.

Şuningdek, viloyatdagi toğli va yerlari şörlangan hududlarda yangidan taşkil etiladigan tadbirkorlik sub'yektlarini ham, 2024 yil 1 yanvarga qadar yuqoridagi soliqlardan ozod qiliş hamda foyda soliği stavkasini 2 barobarga kamaytirişni maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

Bilaman, soliq masalasi oğir. Lekin men öşa qiyinçilikni öz zimmamga olaman, pensiya, nafaqalarga mayli Surxondaryodan emas, boşqa manbadan toparman. Ammo şunga yaraşa natija bölişi kerak", dedi davlat rahbari.