“Amerika va butun dunyo Xitoy kommunistik partiyasidan reparatsiya talab qilişi vaqti keldi. Biz bir ovozdan Xitoy tovon tölaşi kerak, deb aytmoğimiz lozim”, deb ta'kidlagan Tramp respublikaçilarning Şimoliy Karolinada ötgan qurultoyida.

Trampning aytişiça, Xitoyga 10 trln dollarlik hisob yozib berilişi kerak, unga pul tölaşi kerak bölgan davlatlar esa qarzni tölaşdan boş tortişi lozim. U, şuningdek, koronavirus Uhandagi laboratoriyada sun'iy ravişda yaratilganini aytganda “haq” bölganini yana bir bor ta'kidlab ötgan.

“Bizga Xitoydan bu dahşatli narsa kirdi. Bu laboratoriya, bu Uhan”, deb aytgan Tramp.

Sobiq prezident, şuningdek, Xitoydan import qilinuvçi barça tovarlarlarga 100 foizlik boj kiritişga çaqirgan.

Siyosatçi amaldagi prezident Jo Bayden ma'muriyatini Keystone XL neft quvuridan voz keçgani uçun tanqid qilgan. U, şuningdek, Baydenni “Şimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarşi sanksiyalar kiritişdan voz keçgani sababli uni qöllab-quvvatlaşda ayblagan. Uning ta'kidlaşiça, “Bayden şu tariqa Amerikani oxirgi öringa qöymoqda”.

Tramp, şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlari yaxşi bölganini, “biroq u kabi heç kim Rossiyaga nisbatan qattiqqölroq bölmaganini” ta'kidlab ötgan.