Içki işlar vazirligi rasmiy saytida huquqbuzarlik sodir etib, yaşirinib yurgani uçun qidiruv e'lon qilingan şaxslarning röyxati keltirilgan.
Kun.uz muxbiri bu ma'lumotlardan foydalanib, qidiruvdagi şaxslar soni, ularning yoşi va sodir etgan huquqbuzarlik turi yuzasidan tahlil ötkazdi.
2021 yil 1 iyun holatiga köra, IIV rasmiy saytida qidiruv e'lon qilingan şaxslar soni 3075 nafarni taşkil qilmoqda.
Qidiruvdagi şaxslarning 27 foizi – firibgarlikda gumonlanayotganlar

Eng köp qidiruv Jinoyat kodeksining 168-moddasi – «Firibgarlik» jinoyatini sodir etganlikda gumonlanayotgan 819 nafar şaxsga nisbatan e'lon qilingan. Bu umumiy qidiruvdagilar sonining 27 foizini taşkil qiladi.
Undan keyingi örinlarni özlaştiriş (167-modda) va öğrilik (169-modda) jinoyatlarini sodir etgani uçun qidiruvda bölgan şaxslar band etgan. Ular umumiy qidiruvdagilar sonining 21 foizini taşkil qiladi.
Qasddan odam öldiriş (97-modda) jinoyatini sodir etgani uçun qidiruv e'lon qilingan şaxslar – 185 nafar. Bu umumiy qidiruvdagilar sonining 6 foizini taşkil qiladi.

Bosqinçilik, odam savdosi va giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullaniş kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidiruv e'lon qilingan şaxslarning soni ham har bir jinoyat turi böyiça 100 nafardan oşadi.
Şuningdek, 3 mingdan ortiq qidiruvdagi şaxslarning 26 nafari qanday huquqbuzarlik uçun qidiruvda ekani körsatilmagan.
Vazirlik tomonidan qidiruv e'lon qilingan şaxslarning yoş toifasini tahlil qiliş davomida qiziq raqamlarga duç keldik.
Masalan, qidiruvdagilarning 7 nafari 90 yoşdan oşgan, ulardan biri 99 yoşda. 80 yoşdan oşgan qidiruvdagilar soni 12 nafarni taşkil etadi. Keksa yoşdagi qidirilayotganlarning qidiruv sabablari haqida ma'lumotlar manbada keltirilmagan.

Umumiy hisobda, qidiruv e'lon qilinganlarning 8,5 foizi yoki 260 kişi 60 yoşdan oşgan. Mos ravişda qidiruvdagilarning 91,5 foizini yoki 2815 nafarini esa 60 yoşgaça bölgan şaxslar taşkil qiladi.
Qidiruvdagilarning eng yoşlari (33 nafar) 2000-2002 yilda tuğilganlar hisoblanadi. Eng köp qidiruv esa 30-45 yoşlilarga nisbatan e'lon qilingan.

Qidiruvdagi şaxslar orasida Jinoyat kodeksining 11 ta moddasi bilan qidiruvda bölganlarni ham uçratiş mumkin. JKning 11 ta moddasida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir etişda ayblanib qidirilayotganlar soni 3 nafar, 9 ta modda bilan qidirilayotganlar soni 2 nafar, 5 tadan 8 tagaça modda gumonlanib qidirilayotganlar soni esa 71 kişini taşkil qiladi.

Qidiruvdagilarning asosiy qismi, 67 foizi yoki 2047 nafari bitta modda bilan, 21,5 foizi yoki 663 nafari ikkita modda bilan, 6 foizi yoki 195 nafari esa birdaniga 3 ta modda bilan qidiruvda.
Qidiruv e'lon qilingan şaxslarning 26 nafari qanday qilmiş uçun qidiruvda ekani ma'lum emas. Xususan, qidiruvdagi 99 yoşli şaxsning ham.
Holatga izoh bergan IIV mas'ullariga köra, qidiruvdagi 26 nafar şaxsga nisbatan qöyilgan ayblov moddalari texnik nosozlik tufayli tuşib qolgan va yaqin vaqt içida töğrilanadi.
Ma'lumot uçun, «Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida» qonunning 10-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasi hududida tezkor-qidiruv faoliyatini quyidagi organlar olib boradi:
- Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi;
- Davlat xavfsizlik xizmati;
- Prezident davlat xavfsizlik xizmati;
- Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasi;
- Davlat bojxona qömitasi;
- Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti;
- Majburiy ijro byurosi.
Boşqa davlat organlari, şuningdek yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiriş taqiqlanadi.
Farrux Absattarov,
Kun.uz muxbiri












